Eski yil bir necha
soatlik mehmon endi bizga.
Yo biz mehmonmiz uning
poyoniga yetgan saltanatida.
Eskisi bilan xayr-xo'shni
qoyillatmay yangisini kutib olishga oshiqadi ko'ngil
xuddi bolalikdagi kabi:
yangiga o'ch, yangisiga och ko'zlarimiz...
Nima karomatini
ko'rdingki bunchalik oshiqasan yangi yilni qutlashga,
eskini qadriga munosib
kuzatishni o'yla, deyayotgandek bo'ladi, andisha.
Andishaning oti qo'rqoq,
o'zi durust. Shunisiga ham shukr...
Eski yilda nimalarga
ulgurdimu, qay biriga ulgurolmadim...
İmkonlarimning qanchasini
ishga sololdimu, qanchasini ertangi kunga omonat qildim...
Atrofda shuncha yaxshilar
bo'laturib ular haqidami ko'proq o'yladim, yo kimdandir qolgan ko'ngil
haqidami...
Yaxshilar shukri og'irmi
pallada, yo yomonlar haqida o'ylab zoye bo'lgan vaqtmi...
Xullas, hali tanimagan
yilni qutlashdan ko'ra, o'zim bilgan, tanigan, har kunini, har onini yashab his
qilganim eski yilni qutlash osonroq men uchun: shu kunlarga yetib kelishning
o'zi bir mo'jiza! Ming shukr...
Yangi yilingiz qutlug'
bo'lsin! :)
M.Yuldashev
M.Yuldashev