30.08.2015

Turk xalq maqollari

TURK XALQ MAQOLLARI

Aqlli dushman aqlsiz do‘stdan yaxshidir.
Ari asal oladigan gulini taniydi.
Arpa ekib bug‘doy ta’ma qilinmaydi.
Asal degan bilan og‘iz shirin bo‘lib qolmaydi.
Asalni tutgan barmog‘ini yalaydi.
Bir qo‘lning nimasi bor, ikki qo‘lning ovozi.
Bugungi ishni ertaga qo‘yma.
Cho‘ponsiz qo‘yni bo‘ri yer.
Dardini aytmagan darmon topolmas.
Darvishning fikri nima bo‘lsa, zikri ham o‘sha bo‘ladi.
Do‘st bilan yeb-ichgin, ammo savdo qilma.
Do‘sting mingta bo‘lsa oz, dushmanning bittasi ham ko‘p.
Dunyo moli dunyoda qoladi.
Egri o‘tirsang ham to‘g‘ri gapir.
Erkak arslon kuchini urg‘ochisidan oladi.
Eshak ham bir tushgan chohga qaytib tushmaydi.
Eshakni to‘yga taklif qilishsa, “yo o‘tin kam yo suv tugagan” debdi.
Eski dushman do‘st bo‘lmas, bo‘lsa ham durust bo‘lmas.
G‘arib qushning inini Alloh quradi.
Gulini sevgan tikoniga chidaydi.
Har teshikka qo‘lingni suqma: yo ilon chaqadi, yo chayon.
Har yigitning qatiq yeyishi o‘zgacha bo‘ladi.
Ignani o‘zingga ur, og‘rimasa birovga.
Ilon chaqqan uxlabdi, och odam uxlolmabdi.
Inson yettisida nima bo‘lsa, yetmishida ham o‘sha bo‘ladi.
Ishdan ortmaydi, tishdan ortadi.
Jafosini tortmagan safosining qadrini bilmaydi.
Kim bo‘ldim deb kerilma, kim bo‘laman deb o‘yla.
Ko‘prikdan o‘tguncha ayiqni tog‘a derlar.
Ko‘rgan ko‘zning haqi bor.
Kor zararning soyasidir.
Kuch birlikdan hosil bo‘ladi.
Laqqani ko‘lmakdan qidirmaydilar.
Mart – mo‘ltoni.
Mart oyi – dard oyi.
Martda yog‘sa, aprel quvonar; aprelda yog‘sa, inson quvonar.
Mazlumning ohi, qulatgaydir shohni.
Mehmon kutganini emas, berganini yeydi.
Men qisirman desam, sen bolang nechta deysan.
Muhr kimda bo‘lsa, o‘sha Sulaymon.
Nog‘oraning ovozi uzoqdan yoqimli eshitiladi.
O‘g‘iz yopilar, ko‘z yumilar, burunning chorasi qiyin.
O‘tmishidan bexabar kelajagini ko‘rolmaydi.
O‘yinga tushishni bilmagan kelin sahna tor dermish.
Och quturgandan battar bo‘ladi.
Ochni ustiga to‘qqiz qavat ko‘rpa yopsalar yana uxlayolmabdi.
Og‘rimaydigan bosh mozorda bo‘ladi.
Og‘izdagi amalda ham bo‘lsa: hamma podshoh bo‘lardi.
Olim unutsa ham qalam unutmas.
Olov bo‘lmagan joydan tutun chiqmas.
Oq qo‘yning qora qo‘zisi ham bo‘ladi.
Ot o‘lur maydon qolur, yigit o‘lur nomi qolur.
//Ma'rufjon Yo'ldoshev tarjimasi
DAVOMI: http://www.marufjonyuldashev.com/#!blog/c112v

Hiç yorum yok:

Yorum Gönder