21.06.2017

Gezgin Dede İzmir'de...



Özbek süsleme sanatı ustaları tarafından yapılan çeşitli seramik minyatürler Özbekistan'a gelen turistlerin severek satın aldığı hediyelik eşyalardan sayılır. Minyatürlerde genel olarak, Özbek milli giysileri, rengarenk desenleri ve halkın yaşam tarzıyla ilgili bazı objeler,  yansıtılmaktadır. Mesela, tandırda ekmek yapan ya da komşularıyla dedikodu yapan Özbek kadını minyatürü dikkatinizi çekebilir. Ustalar, halkın her türlü komik hallerini minyatürlerinde yansıtmaya çalışıyorlar. Özellikle, turistler bu tür hediyelikleri beğenirler. En çok tercih edilen hediyelikler içinde tonton dede figürlerinin yeri farklıdır. Beyaz sakal, neşeli yüz, çapan denilen milli kıyafet, doppı denilen şapka, bel bağ, kavuş olarak adlandırılan pabuç tonton dede minyatürlerinin ortak tekstürlerindendir. Elinde karpuz ve kavun. Bazılarında su kabağından yapılan bıldırcın kafesi olur. Kısık gözü ve elma yanaklarıyla Özbek ihtiyarlarının pozitif hallerini yansıtırlar. Ben de bu tür minyatürleri çok severim. Benimle geziye çıkan tonton dedenin sevincini fotoğraflarda görebilirsiniz. Bir de hatırlatayım, Özbekistan'a giderseniz tonton dede minyatürlerinden almadan geri dönmeyin.         






Koleksiyonculuk

KOLEKSİYONCULUK

Freud koleksiyonculuğu çok ilginç noktalara bağlar ama bana göre farklı bir şeydir koleksiyonculuk. Mesela, şefkatin görselleşmesi ya da eskilerin tabiriyle "seyr-i âlem" tutkusu gibi bir şey... Yalnız ve parçalar halinde değersiz görünen eşyaları yekvücut etme çabasıdır belki... Belki de geçmiş zamana yolculuk arzusu, belki gözden kaçırdıklarımıza yeniden bakma isteğinin şekil bulmuş halidir koleksiyonculuk... Tinselci bakış açısına göre koleksiyonculuk geçmişi dinleme, çeşitli yaşanmışlıkların hüzünlü hikayelerini günümüze aktarma gayretidir. Her bir parçadan sahibinin hikayesini okumak ve gam güzâr olmak demektir biriktiricilik... 







20.06.2017

Güneşi denize batar İzmir’in...


Güneşi denize batar İzmir’in...
Renklerin cümbüşü yaşanır gökyüzünde. Mavilere karşı isyankar Sarının haddini bildirmek için Şarap Kırmızısı harekete geçer âdeta. Gökyüzü dediğin Mavi olmalı der, Sarı Ateşin oğludur, sahralara yakışır diye söylenir durur...  Morlar yok mu, cazgır, fitneci... Hemen Grileri yanına alır ittifak içinde usul usul yaklaşır Sarıya. Onların derdi Sarıya haddini hatırlatmak değildir, batırmaktır ancak. Erguvan, Eflatun, Turuncular sessiz sedasız seyirci... Kraliyet Mavisi yaşlımı yaşlı, gün batımıyla gün doğumunun farkına varamaz bazen. O da meselenin mahiyetinden bihaber ehli fettana eşlik eder. Sarı git gide küçücük ateşten topa dönüşür. Batmak istemez bir türlü... Ayrılmak istemez Mavinin sonsuz saltanatından... İşin nereye varacağını kestiren Şarap Kırmızısı kucağına alır zavallıyı. Denizden beşik yapar oraya yatırır. Vapurlar düdük çalar, martılar ninni söyler... Güneş uykuya dalar denizde...

Güneşi denize batmaz İzmir'in. Denizde uyur, dinlenir ancak...  















19.06.2017

Yorongul

YORONGUL

Farishta qizlarimga...
Qaysidir donishmand aytgan ekan: “Tuxum ichidan sinsa hayot bo‘y ko‘rsatadi, tashqaridan sinsa hayot zavol topadi.” Kunlar isib tuproqqa urug‘lar qadalibdi. Quyosh taftini his qilgan tuproq darhol vazifasini ado etmoqqa shaylanibdi. Bag‘riga bosgan urug‘larga ko‘kdan ingan farmonni yetkazibdi. Yorug‘ olam haqida ertaklar aytib ularga ilhom beribdi. Hur yashamoqning qanchalar huzurbaxsh ekanligi haqida dostonlar kuylabdi. Urug‘lar kuch to‘plab qobiqlarini yoribdilar. Hayot boshlanibdi. Ana endi ularni hech nima to‘xtatib qololmas ekan. Shafqatli tuproq bag‘ridan yer yuziga chiqishibdi. Ildizlari tug‘ilgan makonlarida qolibdi. Ular juda nimjon ekan. Oppoq zaif tanlari sovuqdan dir-dir titrar ekan. Marhamatli quyosh ularga eng mayin nurlarini yo‘llabdi. Oqish ranglar oldin sarg‘imtir, keyin och yashilga, kunlar o‘tgan sayin yam-yashilga aylanaveribdi. Kunduzlari qushlarni, kapalaklarni, atrofida kulimsirab boqqan insonlarni ko‘rib quvonishibdi. Shabada esganda yaproqlarini shildiratib raqsga tushishibdi. Yomg‘ir yoqqanida bargchalariga yopishgan changlarni yuvib cho‘milishibdi. Quyoshdan va tuproqdan kuch olib o‘sa boshlashibdi...
Bir chechak bor ekan. Chiroylimi, chiroyli. Tannozmi, tannoz. Bog‘chada gullarni parvarish qiluvchi ayol uni Yorongul deb erkalar ekan. Yorongul juda o‘ziga bino qo‘ygan, o‘zini hammadan go‘zal deb bilar ekan. Va go‘zalligini abadiy deb ishonar ekan. Oldin qobig‘ini yorib chiqqanidayoq, qobiqlariga nafrat bilan boqib: “Sizmidingiz meni qafasda tutib turgan vahshiylar? Qo‘lingizdan nima keldi? Mana endi men yer yuziga chiqaman. Siz esa shu yerda kun ko‘rmay chirib ketasiz! Battar bo‘linglar!” deya o‘shqiribdi. Bechora qobiqlar aybdordek ajablanib “Bizda nima gunoh? Biz sizni sovuqda nobud bo‘lishdan asrab keldik. Yana qurt-qumursqaga yem bo‘lishdan qo‘ridik” deyishibdi.  Yorongul bunga parvo ham qilmay yuqoriga intilibdi. Yer yuziga chiqib olgach esa barglariga o‘rmalab chiqayotgan xonqiziga maqtanibdi: “Bilasanmi, qancha to‘siqlarni oshib chiqdim?! Oldiniga qobiq bilan kurashib uni parchaladim. Keyin tuproq va kesaklar bilan olishib uni ham yengdim.”
Xonqizi kulib qo‘yib yo‘lida davom etibdi.
Tuproq bu gaplarni eshitib xafa bo‘lib, “Men bag‘rimda seni asrab-avayladim. Quyosh nur socha boshlashi bilan ularni yig‘ib senga opa-ukalaringga yetkazdim. Topgan-tutgan o‘g‘itlarimni sizlarga sarfladim. Unday noshukur bo‘lmagin, qizim” debdi.
Quyosh qizdirgani sayin yaproqlari yoyilib, g‘unchalari to‘lishib, bir husniga ming chiroy qo‘shilib borayotgan Yorongul burnini jiyirib “Voy-voeyyy, jonimga tegdi shu ta’na-dashnomlaringiz. Fursat topdi deguncha, o‘zingizni bechora qilib ko‘rsatib nolishlaringizdan to‘yib ketdim. Qachon o‘z holimga qo‘yasiz? Meni asrab-avaylaganmish... Vazifangiz shu bo‘lgach qilasiz-da! Bo‘ldi ko‘p vaqillamang!” deb jerkib beribdi.
Bechora tuproq aytgan gapiga pushaymon bo‘lib indamay qolibdi.
Bir kuni Yorongul qarab tursa, baland xonadonning ayvonida ko‘zni qamashtiradigan bejirim rangdor tuvaklarda turfa gullar ochilib yotganmish. Go‘zal bir qizcha esa ularga suv quyib parvarish  qilayotganmish. Buni ko‘rgan Yorongul yana alamini tuproqqa to‘kibdi:
“Koshki meni ham o‘sha tuvaklarga ekishganida... Men ham ulardek asil, zarif ko‘rinardim. Quyosh nurini ham eng birinchi men qarshi olardim. Mendan ortganini bog‘dagi jaydari chechaklar olaradi... Hamma maysalar, gullar qizg‘ongan bo‘lardi... Ayniqsa, sizning jag‘ingizdan qutilgan bo‘lardim” debdi.
Tuproq ko‘z yoshlarini ichiga yutibdi. Bechora tuproqning ko‘z yoshlari ham o‘t-o‘lanlarga hayot bag‘ishlarkan. Odamlar yovvoyi o‘t deb uzib tashlaydigan o‘simliklar, aslida tuproqning ko‘z yoshlaridan unib chiqqan nolalar ekan.
“Quyosh hammaga barobar nur sochadi, qizim. U asil, jaydari deb ajratmaydi. Giyohga ham, qurt-qumursqaga ham, insonlarga ham birday nur sochaveradi. Tuproq ham bag‘ridan ungan giyohlarga birdek shafqatli. Hech qachon yaxshi-yomon, muhim-nomuhim deya ajratmaydi” debdi. Ammo bu gaplarga Yorongul quloq ham osmabdi.
Yorongul savatchasida o‘nlab-yuzlab g‘unchalarni tutib quyoshda toblay boshlabdi. Quyosh nuridan kuch olgan ilk g‘uncha nimjon pushti yaproqchalarini ochibdi. Ikkinchisi ham harir pushti yaproqchalarini yozib atrofga boqibdi. Kapalak endigina ochilib ko‘zni qamashtira boshlagan gulg‘unchaga qo‘nibdi. Yorongul u bilan suhbat qurgisi kelib gap boshlabdi: “Qanotlaring namuncha go‘zal sening? Koshki men ham kapalak bo‘lsam edim. Guldan gulga qo‘nib qo‘shiq aytib xush-xandon kun kechirar edim. Manavi tuproqning diydiyolarini tinglab kunim o‘tmasdi.”
Kapalak uning gaplariga kulib uchishda davom etibdi.
Ertasi kun yana bir necha tuguncha ichidagi pushti ipak yaproqchalar paydo bo‘libdi. Uchinchi kuni savatchadagi barcha g‘unchalar quchoq ochib quyoshga boqibdi. Go‘yo ko‘kdan allaqancha yulduz savatchaga yig‘ilgandek turarkan. Yorongulning go‘zalligiga hamma maftun bo‘libdi. O‘tgan-ketgan uning chiroyini maqtar ekan. Yorongul atrofiga alanglabdi. Shapaloqdek yaproqlari boshqa gullarni to‘sib turganmish. Ularga qarab kalondimog‘lik bilan debdi: “Xoy, yaproqjonlar, sizlarga juda xayronman-da. Buncha yoyilib-yalpaymasangizlar? Ham meni qizg‘onishingizga o‘laymi? Go‘zalligimni boshqalar ko‘rmasin deya atayin to‘sib turishingizni bilmaydi, deb o‘ylaysizlar chog‘i! Sizlardan nafratlanaman.”
Yaproqlar bundan xafa bo‘lishibdi: “Yorongul, bu nima deganing? Bu dunyoga kelgan har jon o‘z rizqi, o‘z vazifasi bilan keladi. Bu olamda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan zarraning o‘zi yo‘q. Biz bo‘lmasak sen buncha go‘zal bo‘lolmasding. Biz borligimiz uchun sen borsan, unutma. Sen go‘zalligingga ko‘p ham ishonaverma! Boshqalarni xafa qilib besh kunlik dunyoda hayotdan bezdirmagin!”
Yorongul battar kibrlanib javob qaytaribdi: “Bu nima deganingiz? Siz o‘zingizni qanday qilib men bilan tenglashtirasiz? Bu gapga kulaymi, yig‘laymi? Siz bor-yo‘g‘i yaproqsiz, shapaloqdek, yuzi taram-taram yaproqsiz. Men esa gulman, go‘zalligim tillarda doston, meni ko‘rganda insonlarning bahri-dili ochiladi. Hidlab ko‘rishadi. Menga tabassumlar hadya qilishadi. Sizlarga-chi? Haddingizni biling...”
Bu gaplarni guldan gulga qo‘nib bol yig‘ayotgan asalari eshitib kulib qo‘yibdi-da yana ishida davom etibdi.
Yorongul bir payt qarasa, nariroqda kungaboqar bo‘y cho‘zib quyosh bilan tillashayotgan ekan. Unga qarab xavasi kelibdi. O‘zining bo‘yiga qarabdi. Keyin: “Hammasiga shu tanim novda o‘lgur sababchi! U meni qizg‘onadi. Agar shu landavur tanim meni qizg‘onmaganida men ham kungaboqardek uzun bo‘yli, qaddi-qomatli bo‘lardim. Shu landavurni kasriga qolib o‘tiribman. Undan nafratlanaman” debdi.
Bu gaplarni jimgina tinglab o‘tirgan daraxt shoxidagi qushcha ajablanib bir sayrabdi-yu uchib ketibdi.
Shu kungacha gulni boshida ko‘tarib turganidan shod-xursand novdaning bir onda kayfiyati tushib ketibdi. Boshidagi savat gulni toj deb bilgan novdaning qaddi dol bo‘libdi. Endi unga toj juda og‘irlik qila boshlabdi. Sekingina gap boshlabdi: “Bu gaping og‘ir botdi menga. Tuproqni yorib chiqqan kunimdan beri bor ildizimdan, tuprog‘imdan, quyoshdan, havodan kuch olib senga, yaproqlarga sarfladim. Bu gaplaringni eshitishga arziydigan nima xato qildim? Yolg‘iz holda qo‘lingdan hech nima kelmaydi. Biz bo‘lmasak sen ham bo‘lmasding...”
Yorongul bunday gaplarga quloq osib o‘tiradiganlardan emas ekan. Novdaning gapini shartta bo‘lib debdi: “Aslida hammangiz menga rahmat ayting. Mening borligim uchun sizga ham qarashadi. Men bo‘lmasam, sen qobiq nima ishga yararding? Sen-chi, tuproq, agar men bo‘lmasam senga kim suv quyardi, kim o‘g‘it solardi? Shalpaygan yaproq, ayt-chi, mensiz nima ishga yararding? O‘t o‘rnida molga berishardi, bildingmi? Ildizni ham ro‘kach qilma, uning ham mensiz bir tiyinlik qimmati bo‘lmasdi. Quyoshning ma’nosini ham hech kim anglay olmasdi. Yomg‘irning maqsadini hech kim tushunmasdi. Dunyoning mazmun-mohiyati menda! Nahotki, shuni tushuna olmaysizlar?!”
Quyosh Yorongulning isyonkor gaplaridan uyalib bulutlar orasiga kirib ketibdi. Osmonni qop-qora bulutlar qoplabdi. Issiq havo bilan sovuq havo to‘qnashib chaqmoqlar chaqibdi. Shamol shiddat bilan esa boshlabdi. Yorongul qo‘rquvdan yig‘lab yuboribdi. Tuvakdagi gullardan yordam so‘ramoqchi bo‘libdi. Shamol ularni allaqachon ayvondan uloqtirib tashlagan ekan. Xonqizidan yordam so‘ray desa, u havoda pirpirak bo‘lib uchib ketayotganmish. Kapalakdan yordam so‘ramoqchi bo‘lib qidiribdi. Uni ham topolmabdi. Kungaboqardan yordam so‘ramoqchi bo‘lib qarasa, shamol uni sindirib yer bilan yakson qilgan ekan. Qushchadan yordam kutibdi. U ham shamoldan qo‘rqib iniga kirib ketgan ekan. Shu payt tuproq qa’ridan sado kelibdi: “Qo‘rqma sen bizga ishon!!!” Ildiz tuproqqa bor kuchi bilan yopishibdi. Tuproq uni qattiqroq bag‘riga bosibdi. Novda shamolga qarshilik qilmay egilib, chayqalib sinishdan saqlanibdi. Yaproqlar gulni o‘rab shamolda tarqab ketishidan qo‘ribdi...
Tong otib quyosh chiqibdi. Yorongul o‘ziga kelib atrofiga qarabdi. Savatchasida bir necha dona pushti ipak yulduzcha qolibdi. Yaproqlarining yarmini shamol uchirib ketibdi. Gavdasi egilib-bukilishdan ancha aziyat chekibdi. Ildizining bir qismi tuproq ustida oqarib ko‘rinib qolibdi. Tuproq haliyam uni bor kuchi bilan tutib turgan ekan...
Yorongul, ularga qanday tashakkur aytishni bilolmay xijolat bo‘libdi. Shunda tuproq tilga kiribdi: “Qizim, ko‘rdingmi, maqtagan gullaring havoga sovrulib ketdi. Abadiy deb o‘ylagan go‘zalligingdan asar ham qolmadi. Endi aqlingni yig‘ib qolgan gulchalaringni avayla, o‘zingdan urug‘ qoldir. Men ularni to bahorgcha bag‘rimda asrayman. Erta bahorda ular ham sen kabi unib chiqishadi. Rango-rang gullari bilan ko‘rganlarga xushkayfiyat ulashadi…”
Yorongul o‘ziga bino qo‘yishdan voz kechib bor vaqtini, mehrini, e’tiborini savatchasidagi gulchalar parvarishiga bag‘ishlabdi. Bu vaqt mobaynida qo‘lidagilarning qadriga yetishni, boriga shukr qilishni o‘rganibdi. Har kuni erta tongda ko‘z ochishi bilan quyoshga, tuproqqa, yaproqlariga, taniga, qushlarga, qurt-qumursqa-yu qo‘ni-qo‘shnilariga salom beradigan bo‘libdi. Shikoyat qilishni butunlay to‘xtatibdi. Atrofidagilarga mehr-muhabbat va tabassum bilan boqishni odat qilibdi. Shunda hayotning naqadar go‘zal ekanligini his qilibdi. Yorongul umrining oxirigacha ich-ichidan quvonib shod-u xurram yashabdi.
Qaysidir donishmand aytgan ekan: “Tuxum ichidan sinsa hayot bo‘y ko‘rsatadi, tashqaridan sinsa hayot zavol topadi.” Zero, hayotbaxsh hodisalar har doim ichdan boshlanadi...
Ma’rufjon Yo'ldoshev

18.06.2017.