24.03.2015

Abdurauf Fitrat: Tilimiz


TILIMIZ

I
Dunyoning eng boy, eng baxtsiz bir tili qaysi tildir? Bilasizmi? Turkcha. Shoirlik qilmoqchi emasman, so‘zning to‘g‘risi shudir. Dunyoning eng boy tili turkchadir, eng baxtsiz tili xud turkchadir. Tillarning baxtsizligi sovet hukumati chog‘inda bo‘lg‘on bir ishdir, bundan burun baxtli edilar deganlar tilimizni holini bilmasdan gapuralar.
Bir tilning boyligi u tildagi so‘zning ko‘pligi (kasrati kalimot), undirik kengligi (vus’ati ishtiqoq), yusup tugalligi (mukamalliyati qavoyid) bilan bo‘lur. Turkchada so‘z ko‘pligi bormi, arabchilarimizcha aytganda, kasrati kalimot mavjudmi? Bu so‘z bukun emas, necha yuz yil burun o‘rtaga chiqmish, deya Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” kitobindan o‘z javobini olmish. Navoiyning kitobi turkchaning boylig‘ini ochibg‘ina bildira olmasa ham, turkchada so‘z ko‘pligini u yaxshi biladir. Navoiy yolg‘iz “yig‘lamoq”ning turlarini ko‘rsataturgan turkcha so‘zlarning shunchasini yozadir: Ingramoq, singramoq, ingichkirmoq, yig‘lamoq, yig‘lamsinmoq, o‘kirmak, siqtamoq...
Mana sizga bir hodisaning yetti turi uchun otkim, oralarinda ingichka ayirmalar bordir. Turkchada bu hol oz emas. Arabcha nufuz, murur, ubur; u to‘g‘risinda turkchamizda o‘tmoq, kechmoq, oshmoq, o‘rtonmoq bor. Arabcha kand, azm, amal qarshusinda turkcha tilak, istov, orxan bor. Arabcha zarf yoninda turkcha idish bor, sovut bor. Arabcha naf’, manfaat o‘rninda turkcha tosix bor, unum bor. Arabcha qalb o‘trusinda turkcha yurak bilan ko‘ngul bor. Arabcha sadr uchun turkcha ko‘ks va ko‘krak bor. Turkcha lug‘at yozmoqchi bo‘lganimda turkcha so‘z boyligi to‘g‘rusinda bundan ortiq yozolmayman.
So‘zni turkchada undirik kengligi (ya’ni vus’ati ishtiqoq)g‘a ko‘chiraman. “Ilm” ishining - bilimning turkchasidan undirilgan so‘zlar shulardir: bil, bilar, bilajak, bilg‘usi, bilg‘ay, bilsa, bilsa-chi, bilay, bildi, bilibdir, bilgan, bila boshladi, bilayozdi, bila oldi, bila turdi, bila berdi, bilib, bilg‘ach, bilg‘ali, bilmak, bilish, biluv, bilmov, bilim, bilgi, bilgili, bilguchi, bilmakchi, bilgur, bilmagay, bilmagan, bilmay, bilimsiz, bilmas, bilmaslik.
Mana sizga yolg‘iz fe’llardan 13 fe’l, qo‘shma fe’llardan 6 fe’l. Qo‘shma fe’llardan har birining buyrug‘i, bo‘lishi (fe’lning bo‘lishlilik kategoriyasi), holi (ravishdosh), kelajagi (fe’lning zamon kategoriyasi), sharti (fe’lning shart mayli), qo‘zg‘ovi (fe’l nisbati, orttirma nisbat) bor. 13X6=78 bo‘lur. Bunlarga uft (holat fe’llari), vaqt (fe’llarda ifodalangan davomiylik), sabab (sabab holi o‘rnida kelgan fe’l shakllari) fe’llari qo‘shilsa, 81 ta bo‘lur. Bunga ism va sifat yozilg‘on 18 qo‘shilg‘anda 99 so‘z bo‘lur. Bu 99-tasiga-da so‘z tolug‘i (söz o‘zagi) buyruqdir (ya’ni bil so‘zi). Demak, turkchada bir tomirdan 98 so‘z undiring emish.
Emdi yusup tugalligiga (mukammaliyati qavoidg‘a) boqayliq: arab, fors, rus, nemis, fransuz tillaridan qay birining sarf (grammatika) kitoblarini olib qarasoq, ko‘ramizkim, bir so‘zni yasamoq uchun bir qancha yozilg‘on, undan so‘ng shul qoidadan tashqari qolg‘on (mustasno) so‘zlar deb to‘rt-besh so‘z ko‘rsatilgan. Turk so‘zlarinda esa, bunday so‘z topilmaydur. Yusupsizlik degan hollar (istisnolilik hollari) turkcha sarfda sira yo‘qdir. Tilimizning ayni to‘g‘risida ham boyligi, tugalligi bilindimi? Emdi so‘zni turkchaning baxtsizlikdan qutula olmamishdir. Turk tili dunyoning eng baxtsiz tilidir. Turkchaning baxtsizligi arab bosqini bilan bog‘lanmishdir. Arablar bosdiqlari o‘lkaga yolg‘iz hukumatlarini emas, dinlarini, yo‘sunlarini-da tanitgan, oldirg‘on edilar. Musulmonliqlarning tubi, tomiri Qur’on bilan Hadisdir. Shuning uchun yangi musulmonlar arabcha o‘rganishni o‘zlariga vojib deb bildilar, o‘qidilar, o‘rgandilar, sevdilar. Bundan keyin forsi(y)cha va turkcha arabcha bo‘g‘uviga kirib qoldilar. Fors tilining holi butunlay yomonlashdi. Forslar o‘z tillarini tashladilar: kitoblarini emas, o‘zaro yozuvlarini ham arabcha yoza boshladilar. Lekin bu ish ko‘p cho‘zilmadi. Fors tili bir silkinish bilan o‘zini arab bo‘g‘uvidan qutqara oldi. Fors tilining bu silkinishi Eron shoiri Firdavsiyning chiqishi edi. Firdavsiy arabchaliqqa qarshu qaynag‘an, qizig‘an bir millatchi edi. O‘ttiz yil tirishdi, dong‘li “Shohnoma” kitobini yozib chiqardi. “Shohnoma” yozib chiqarudan Firdavsiyning ikkita tilagi bor edi: Eron ulusini arabdan sovutib, eronli tuyg‘usini bermak va arab tilini Erondan surib chiqarmak. Shuning uchun “Shohnoma”ning har bir yerinda eronlini maqtag‘an shoir arabliqqa kelganda:
Zahir shutur xurdan susi mor,
Arabro ba joyi rasidast kor.
Ki taxti Kayonro ko‘nad orzu,
Tfu, bar tu, charx gardun tfu!
deb qiyqirmishdir. Bu so‘zlarning turkchasi shudir: “Tuya suti bilan ilon eti yemakdan boshqa ish bilmagan arabning ishi, shu yerg‘a chiqmishkim, Eron imperatorining taxtini istaydir. O, shu ishga sabab bo‘lg‘an falak, tfu senga, tfu!”
Yana shuning uchundirkim, Eronda arabcha hokim bo‘lg‘an bir zamonda yozilg‘an “Shohnoma”da arabcha so‘zlar yo‘q darajada ozdir. Firdavsiy bu iki tilakni bilib, onglab, ishga kirishganini bildirmakchi bo‘lib, yozadirkim:
Bas, ranj burdam soli si,
Ajam zinda kardam ba dini forsiy
demishdir. Turkchasi: “Bu o‘ttiz yil ichida ko‘p emkaydim, Eronni forsiycha yozdıg‘ım shu kitob ila turg‘izdim” demakdir. Forsiy ishdi shunday qilib yoqasini qutqormish. Lekin, bizning baxtsiz turkchamiz bir Firdavsiyni yetishtira olmamish.
Dunyoning eng boy tili bo‘lg‘on turkchamiz yolg‘uz arabcha qumruqlar bilan emas, forsiycha tepkilari bilan daxi ezilmishdir. Ko‘zlarimizni to‘rt ochib qaraylik, dunyoning eng buyuk hakimi bo‘lg‘an Ibn Sino turkdir. Ikkinchi Arastu atolg‘an Forobiy turkdir. Arab tilini mangulik tirgizib kelgan Javhariy turkdir. “Vahdati vujud” falsafasining imomlaridan bo‘lgan Jaloliddin Rumiy turkdir. Forsiy adabiyotning payg‘ambarlaridan bo‘lg‘an Nizomiy daxi turkdir. Shu yerda otlari yozilg‘on kimsalarda yolg‘uz turk ulusini emas, butun dunyoning ulug‘ kishilarindan erurlar. Ikki turk ulusi bunlarning asarlarindan osig‘lanolmay qolmish, balki o‘zlarini ham yaxshig‘ina taniyolmay qolmishdir. Bunlar o‘z bitiklarini turkcha yozsalar edi, bukun turk ulusining holi ehtimolki boshqa turli bo‘lur edi. Baxtsizliq bundan-da ortiq bo‘lurmikan?! Turk o‘g‘li turk bo‘lg‘on Mahmud G‘aznaviy Firdavsiyni chaqirib, turk ezilishini ko‘rsatgan “Shohnoma”ni yozdirsun-da, har yo‘liga bir oltun bersun. Shul baxtsizliqdirkim, turk o‘g‘li bo‘lg‘an Usmonli hoqonlari o‘z tuyg‘ularini forsiycha she’r bilan so‘ylatmişdir. Yana shul baxtsizliqdirkim: Kafkaziya turklarining yoqalarin tutmish-da forsiy tilining hurmati uchun sakson yerinde hashtot dedirmishdir.
Turkcha baxtsizdir. Ming yildan beri ezila kelmishdir. Lekin bitmamishdir. Bitmas, yashamishdir, yashar. Negakim, boydir. Turkcha yashamishdir. Yashar, lekin o‘zini arab, fors tillarindan qutqara olurmi, yo‘qmi? So‘zni bu yerga yetirgach, barmog‘imni yaraning o‘zagina bosmish bo‘ldim.
Bu sordig‘img‘a ikki turli javob kelar, bilgilidir: ha, yo‘q. Emdi shu “yo‘q” deganlar bilan yurishaylik. Bunlar deylarkim, turkcha arab fors tillarindan qutulolmas! Nechun? Mana dalillari: Chunki, arab, fors tillari boydir. Buni javobini berdikkim, turkcha ham boydir. Chunki, bukungi turk dunyosining bilimli ulug‘ yozuvchilari shu yo‘lga kirmishdir. Bunga javob beramizkim: Turk dunyosining ulug‘ hakamlari bo‘lg‘an Forobiy bilan Abu Ali o‘z asarlarini arabcha yozarg‘a qo‘l qo‘yg‘an edilar. Siz nechun ularning izidan chiqdingiz? Siz Abu Alining izidan chiqqanda, biz-da sizning izingizdan chiqa olsaq kerak. Chunki tilimizda ko‘b narsaning oti yo‘qdir. Javobimiz: Bu so‘zdan tilagingiz nimadir? Shul choqda tilingizdag‘i arab, fors so‘zlarining turkchasi topilmaydir demakchi bo‘lsangiz, so‘zingiz yanglishdir. Turkchani bilmas ekansiz. O‘rganing. Hozirgi so‘zlarimizdag‘i arabcha, forsiychalardan bir nechasi uchun turkcha topilmaydir, desangiz to‘g‘ridir. Biz ham ularni chiqarmoqchi emasmiz. Unlarni olurmiz, lekin o‘zimizniki qilurmiz. Turkchalashtirurmiz. Qoidaning turkchasi yo‘qdur. Sarfning-da turkchasini topolmadik Ikisin daxi olurmiz. Lekin, siz kabi qavoyidi sarfiya demasdan, sarf qoidalari dermiz. Chunki, ilmiy istilohlarning turkchasi yo‘qdir. Kim dedi buni? Shamsning turkchasi quyoshdir. Kavokibning turkchasi yulduzlardir. Manorning turkchasi olov, o‘tdir. Sahobi munavvaryorug‘ bulut, handasao‘lchov xat, chiziq, zoviyaburchak, puchmoqdir. Kavokibi sobitaturg‘uvchi yulduzdir. Kavkabi zu zanbquyruqli yulduzlardir. Tuzuk, bir necha istilohlarning turkchasini bu kungacha topolmag‘anmiz, ularni saqlarmiz. Chunki, turkchamiz qabodir, daqqidir, adabiyot tili emasdir.
So‘z bu yerga keldimi? Chidamoq qo‘ldan kelmas! Qaboliq, daqqiliq ko‘rsatmoqchi bo‘lib deymizki: Siz ulusingizni sevmaysiz. Shuning uchun turk ulusi va turk tilining siz bilan ishi yo‘qdir. Qarshingizdagi kishilar bu so‘zni eshitib o‘tirmaslar, qilarini qilarlar. Men ulusimni jonimdan ortiq sevaman derlar. Bunlarning mana shu so‘zlari qumuchdir. Tushingizda siz bir xotinni sevgansiz, tirishib, jon chekishib, kuch bilan uyig‘a kiribsiz, yonig‘a suqulg‘andan keyin, yuzig‘a qarab: “Men sizni ko‘p sevaman, siz ko‘b chiroyliksiz, lekin shu ko‘zingiz ko‘b daqqidir, shuni chiqarib tashlang. Burning yomon is beradir, shuni kesib oting”, - desangiz sevgilingiz bo‘lg‘an xotun iki-uch tayoq urub sizni quvmasmi? Albatta, quvar. Turk ulusini sevamiz, lekin tili qabodir, musiqasi totsizdir, tarixi qorong‘udir deganlarning ham bir-ikki tayoq yeb, quvilmoqlari kerakdir. Lekin, turk tili baxtsizdir.
“Ishtirokiyun”, 1919-yil 12-iyun, 32-son.

Hiç yorum yok:

Yorum Gönder