UYG‘UR YOZUVIDAGI QADIMIY MATN:
DOLODOY YODGORLIGI
Dolodoy yodgorligi 1955-yilda mog‘ul arxeolog Ts.Dorjsuran tomonidan topilgan. Matn qadimiy uyg‘ur (so‘g‘d) yozuvida taxminan, 791-792-yillarda yozilgan. Matnni dastlab, A.M.Shcherbak 1958 va 1961-yillarda nashr qildirgan. Qayta o‘qish jarayonida ba'zi o‘rinlar o‘zgartirilgan.
Matndan shahzoda Bo‘g‘az tiginning faoliyati, u yashagan shaharning obodligi va shaxsiy g‘alabalari, 30 yoshida o‘ldirilishi, qadimiy turkiy jang taktikalari, taxtning o‘gay otaga o‘tishi, Bo‘g‘az tiginning Turgash, Qarluq va Tabg‘ach koalitsiyasiga qarshi kurashgani haqidagi qimmatli ma'lumotlarni angalsh mumkin. O‘gay ota deyilganda Ediz qavmidan Qutlug‘ qog‘on tahmin qilinadi. Xitoy manbalarida Chuy-tsyun deb yoziladi va "farqli shajaradan" degan ma'noni bildiradi.
Yodgorlik matni transkriptsiyasi
1. Er atytm boγaz tegin jeti jigmir jašymta bul-uluγ-ta
2. sül[e]dim.
Myŋ jont aldym. Toquz jigirmi joqum-ta
3. öki sunčtu tačyγ-un sunlundy ………
5. tübünče tölüg
kisre türges bolču ögüz-[te]
6. altym. Ben
otuz jašym-ta otun-ša söntim
7. töplet baba
ögej tegin el tükdi kisre
8. men etni-ke ....... [etintim]
Tarjimasi:
Er ismim (o‘smirlik
ismim) Bo‘g‘az Tigin. O‘n yetti yoshda Bul-ulug‘da
Safarga chiqdim.
Yag‘mo qilib ming otga ega bo‘ldim. O‘n to‘qqiz yoshga kirmasdan
qo‘mondon
sifatida safarga yuborildim. (2 so‘z o‘qilmagan)
yo‘lladim [dushmanni]
kirdim va tiz cho‘ktirdim molini [mol-mulkini] butunlay tortib oldim.
Oxirigacha
to‘lasin (qilgan ishiga javob bersin) undan keyin Turgacha
Bo‘lchu
daryosida tiz cho‘ktirdim. Men o‘ttiz yoshimda olov kabi so‘ndim (vafot etd’m).
Ota O‘key
shahzoda [davlatni] boshqar! Undan keyin davlatni boshqardi.
Men ishlarimni [tugatdim].
bu dolodoy 2.. dolodoy 1 için bilgi yok mu?
YanıtlaSil