20.03.2016

Özbek Çocuk Oyunlarından: Lenke

LENKE

Çocukluktan en çok sevdiğim oyunlardan birisiydi lenke tepmek. Annemiz çok kızardı ama bir yol bulur lenke tepmeyi ihmal etmezdik. Bu oyun okulda da yasaktı. Sınıf kapısında lenkeler gözetmenler tarafından toplanırdı. Bir yerlerine gizleyip sınıfa sokmayı başaranlar da olurdu. Lenke teperken yakalanan çocukların ebeveyni okula çağrılırdı. Doğal olarak, akşam evde “suça” ceza kesilirdi. Annemiz ayakkabımızı kontrol eder, üzerinde çizgi veya eskime izi görünce “daha dün aldığım ayakkabının haline bak” diye konuşmaya başlardı. “Daha dün” dediğine bakmayın, en az altı ay önce alınmış ayakkabı bile annemize göre hep “daha dün” alınmış sayılırdı. Hatta yeni ayakkabı giydiğimiz zamanlar üzerine lenkenin izi çıkmasın diye poşet veya bez sarardık. Ama yine de annemizin kontrolünden olumlu geçiremezdik. O dönemlerde TV ve gazetelerde de bu oyunun sağlık için zararlı olduğu hep söylenirdi. Bununla birlikte Sovyet çocuğuna yakışmayan davranış olarak nitelendirilirdi. Okulda “Lenin zamanında lenke oyunu var mıydı?” “Stalin lenke tepmiş midir?” diye sorular sorardık öğretmenimize.
En çok pamuk toplamaya götürdüklerinde tarlada lenke oynardık. Bu bizim için en güzel spordu, yarıştı, arkadaşlıktı, paylaşmaktı, grup olarak çalışmayı öğreten bir eğitmendi. İşte böyle güzel oyunumuzu neden sevmediklerini, sevemediklerini anlayamazdık. Ben çocuklarımın da, torunlarımın da bu oyunu oynamasını isterdim. Çünkü bilgisayardan, akıllı telefonlardan çok daha yararlı olduğu için. Atalarımızdan kalma miras olduğu için…
Şükürler olsun ki son yıllarda diğer halk oyunları ile birlikte lenke tepiş oyunu da kültürel miras ilan edildi. Nevruz ve çeşitli bayramlarda lenke (diğer adları: per, cüntepki, karabtep) yarışları yapılmakta. Unutulmaya bırakılan oyunumuz yeniden hayata kazandırılmakta. Günümüzde, mezkûr oyunun çocuk sağlığı ve kişisel gelişimi açısından gayet yararlı olduğu uzmanlar tarafından kanıtlanmıştır. Uzmanlara göre lenke tepişin yaraları:
1. Doğru nefes almayı öğretir, solunum mekanizmalarını (kaslar, akciğer dokuları...) düzenler ve onların gelişmesini sağlar. Doğru nefes almak vücudumuzun sağlıklı olması ve ihtiyaç duyduğu oksijenin alınması demektir. Yeterli oksijen iç organların, hormon salgılayan bezlerin, sinir sisteminin ve beynin çalışmasını sağlar.
2. Hareketsizlik sonucunda kaslar zayıflayacak, kan dolaşımı düzensizliği ortaya çıkacak ve çeşitli hastalıklara yol açacak. Bu problemlerden kaçınmanın yolu, bacaklardaki kan ve lenf dolaşımını düzenlemek, bu uzuvları güçlendirmektir.
3. Kalp-damar sisteminin faaliyetini düzenler. Aktif hareketler sırasında; adrenalin salgılanması ve kas çalışmasına bağlı ihtiyaçları giderecek tarzda kalpteki kan miktarının artmasını sağlar.
4. Karın, bacak kaslarını geliştirir.
5. Eklemlerin faaliyetini düzenler, kasların gevşeyip zayıflamasını, elastikliğini kaybetmesini ve eklemlerin sertleşmesini önler.
6. Omurilik faaliyetini düzenler.
7. Reflektif davranışları düzenlenir.
8. Göz kaslarımızda meydana gelecek tembelleşmeyi engellemeye yardımcı olur ve gözlerimizin daha güçlü olmasını sağlar.
9. Çocukların enerji metabolizmasını, (karbonhidrat ve yağ metabolizmasını) metabolizma hızını düzenlemeye yardımcı olur.
10. Çocuklarda konuşma hızını dengelemeye yardımcı olur.
11. Ayrıca odaklanma, performans ve dayanım düzeyleri yükselir.
12. Çocukların kendine güvenini artmasını sağlar.
Lenkenin türü ve hazırlanışı:
Lenkeler iki türlü olur: kurşunlu lenke ve kumaş lenke. Kurşunlu lenke yapımı: Bir parça yünü kesilmeden kurutulmuş koyun ya da keçi derisinin altına kurşun bağlanır. Kurşun hazırlamak da kolay. Bir miktar kurşunu eriterek gazoz kapağı içine dökülür. Soğumadan önce tel geçirmek için düğme deliği gibi delik açılır. Soğuduktan sonra deri parçasına bağlanır. Derinin tüyü ne kadar uzun olursa tepildiğinde lenkenin havada kalma süresi o kadar uzun olur. 
Kumaş lenkeyi yapmak da çok basittir. Bir parça dörtgen halde kesilmiş kumaşın içine bir kaşık kadar toprağı koyup badminton topu görünümünde bağlarsınız.
Lenke tepiş yöntemleri:
I. Serbest tepiş biçimi.
1. İçtepki. Bir ayağın dizden aşağı kısmı içe doğru bükülerek tepilir.
2. Yantepki. Bir ayağın dizden aşağı kısmı yan tarafa bükülerek tepilir.
3. Uçtepki. Ayak pençesinin üst kısmıyla tepilir.
4. Çelişme. Bir ayak diğer ayağın arkasından geçirilerek tepilir.
II. Klasik tepiş biçimi.
1. Kayırma. İçtepki ile aynı.
2. Çelişme. Zıplayarak tepme şekli. Zıplarken oturma pozisyonuna yakın bir biçim oluşturulur. Bu yüzden “sideçka” da denir. Bir ayak diğerinin arkasından geçirilerek tepilir.
3. Orama. Zıplayarak iki ayağı da bir yöne çevrilir ve aynı şekilde tepilir. 
4. Burama. Karmaşık yöntemlerde tepiş.

Butimor


BUTIMOR

Bugun erta tongda shayх shoir Xoja Abulvafo Xorazmiy (vafoti 1432) ruboiylarini o‘qidim. Ruhim yengillab ko‘nglim yorishdi. Bugungi blog uchun mavzu ham topildi. Bu zoti muborak haqida Alisher Navoiy o‘zining “Majolis un-nafois” asarida shunday ma’lumot bergan edi: “Xoja Abulvafo Xorazmiy... kibori avliyodindur. Xorazm xalqi g‘oyat malakiy sifotlig‘idin Xojani “Yer farishtasi” derlar erdi va Xoja ulumi zohiriy va botiniyni takmil qilib erdi. Va tasavvufda yaxshi musannafoti bor va mashhurdurkim, ulumi g‘ariba ham bilur erdi.”
Ba’zan arzimas dardga yo‘liqsak yo boshimizga biror tashvish tushsa, chora izlab choryonu chorvujud bo‘lamiz. Tilimiz shukrni unutib vovaylodan tasbih o‘gira boshlaydi. Ruhimizga bu badangina emas, hududsiz dunyoi dun ham torlik qila boshlaydi. Shuurimiz “nega-nega”lardan karaxt bo‘ladi. Ahli ma’no esa buni ilohiy ne’mat hisoblaydi va har qanday buyuk dardni ayyubona go‘zal ahloq bilan kutib oladi. Hatto dardsiz qolmaslik kerakligini uqtiradilar. Abulvafo Xorazmiy bir ruboiysida shunday yozadi:
“Darmon tilama, dard qidir, ey miskin,
Dard bo‘lmasa, darmonni topilmog‘i qiyin.
Miskinligu nomurodligu dard izla,
Miskinlaru dardmandlar ila bo‘l yaqin.”
      Qish kunlarining birida Mavlono Rumiy qattiq betob bo‘lib qolibdi. Habiblari eng kuchli tabiblardan eng yaxshi dorilarni topib keltirishibdi ammo Mavlono ularni qabul qilmabdi. Sababini so‘rashsa shunday izohlabdi: “Angladimki, tanga mehmon bo‘lgan bu og‘riq-azob naqadar muborak, na qadar go‘zal. Naqadar xushholu, na qadar qutlug‘. Harorat, dard va bedorlik. Yaratgan egam qarib-qartayganimda menga shunday dardni berdi. Bel og‘rig‘i ehson aylab tunlari bedor qildi. “Tunlarni hayvon kabi uyquda o‘tkazolmayman” deyishga arzigulik og‘riqlarga g‘arq qildi. Kulfat va dardga sabr obihayot bulog‘i va sarmastlik qadahi kabidir. Chunki go‘zalliklar chirkinliklar ichida pinhondir. Yaratganning pok ismini tilga olishing bilan barchasi unut bo‘ladi. Tangri taolo mendan rozi bo‘lsa bas, balolarga ham dardlarga ham xaridor bo‘laveraman.”
Abulvafo Xorazmiy ham bir ruboiysida dardning naqadar qimmat ekanligini shunday izohlaydi:
Bermam bu g‘amu g‘ussani darmonga sira,
Bu faqrni-da mulki Sulaymonga sira.
Bu faqru fanoni olmadim arzon, bas,
Qimmatni alishmagayman arzonga sira.
Ma’lumki, tasavvufda eng yuqori maqom faqru fano vodiysidir. Bu maqom toliblari avval talab, ishq, ma’rifat, istig‘no, hayrat va tavhid vodiylaridan o‘tmog‘i kerak. So‘nggi vodiyga o‘z menligidan kechib, bor budini unutib, dunyo ne’matlaridan voz kechib, tamoman yo‘q bo‘lgan holda yetib boriladi. Va bu maqomga yetgan solik Haqqa erishgan hisoblanadi. Abulvafo Xorazmiy ana shunday insoni komil edi. Shoir ruboiylaridan birida butimor qushi timsolidan foydalanadi. Bugungi blog mavzusi ayni shu timsolni o‘qigach tug‘ildi:
Qilganmidi pashsha hech zamon filni shikor?
Ummonni simirganmi va yokim butimor?
Yo‘l ochmasa o‘ziga qilib jonni nisor,
Olam shohining zarra bilan ne ishi bor?
Ruboiy ostida tarjimonning “baliqchi qush” tarzidagi izohi berilgan. Butimor afsonaviy bir qush. Ochig‘i, uning baliqchi qush ekanligi menga noma’lum. Albatta, tarjimon bunday izohni berayotib biror manbaga asoslangan bo‘lsa kerak degan fikrdaman. Menga ma’lum bo‘lgani shuki, fors mifologiyasida bu qush “ishq qushi” yoki “g‘am qushi” sifatida tasvirlanadi. She’riyatda oshiq va ma’shuqa ruhiyatidagi g‘am-g‘ussani ifodalashda tilga olinadi. Bu g‘aroyib qush dengizga oshiq. Inini ham sohilga quradi. Tongdan tungacha yolg‘iz o‘zi sohilda dengizni tomosha qilib o‘tiradi. Quyosh shu’lalarining jilvasiga maftun bu qush, aslida, dengiz suvidan boshqa suvni ichmaydi. Ammo “agar bunday ichaversam bu go‘zal dengizning suvi qurib qoladi-ku” degan andisha va hadik bilan suv ichishni kamaytiradi. Tashnalikdan madori qurib qolsa ham kamga qanoat qilishda davom etaveradi. Toki o‘lgunicha. Shuning uchun uni “g‘am qushi” deb ataydilar. Mumtoz she’riyatimizda muhabbatini oshkor qilolmagan sevgilining adoqsiz taraddudi bu g‘amboda qush misolida tasvirlanadi.

13.03.2016

Tug‘ilgan kun...



TUG‘ILGAN KUN...

Har yili o‘zgacha tuyg‘ular bilan qutlanadi tug‘ilgan kun. Tabriklar ham shunga yarasha. Yoshlikda “orzularning amalga oshishi”, “porloq kelajak”, “muvaffaqiyat”, “zafar” va hokazolar bo‘ladi tilaklarning mazmun mundarijasida. Yosh ulg‘aygan sari tilaklarning ham hovuri bosila boradi. Endi ezgu tilaklar kuchini “baxtiyor oila” va “farzandlar” mavzusidan ola boshlaydi. 40ni to‘ldirib, 50 sari yo‘l olganingizda tug‘ilgan kun sizga “uzoq umr” va “mustahkam sog‘lik” haqidagi quchoq-quchoq tilaklarni sovg‘a qiladi. Eng vazmin tilaklar huddi mana shular bo‘ladi. Sizga bir marta shu tilaklarni yarashtirdilarmi, endi ulardan qochib qutilolmaysiz. Qochib qutilishni kim ham uddalabdi, deysiz? Faqat so‘zlarning ters yuzini ko‘rishga ham tayyor turishingiz kerak bo‘ladi, xolos. Sizga “uzoq umr, mustahkam sog‘lik” tilashsa, keksalik eshik qoqa boshladimi, deya o‘yga tolasiz. Endi tug‘ilgan kunning ma’nosidan ko‘ra umr mazmunini teranroq o‘ylay boshlaysiz. Bu yoshdan keyin tug‘ilgan kunlarning ma’nosi bosib o‘tilgan yo‘l va uddalashga erishgan ishlaringizga qarab o‘zgarib boradi. Tarozining qaysi pallasi og‘ir: yutuqlarmi yoki xatolar? Amal daftaringizda qaysi ishlaringiz ko‘proq bitildi: ezgu amallarmi yoki behuda mashg‘ulotlar? Topganlaringiz ko‘pmi, yo‘qotganlaringiz? Erishganlaringiz erishmaganlaringizdan ko‘ra muhimroqmi? Xullas, ortda qolgan yillar bugungi kuningizning mazmunini belgilab beradi. Biroq nadomatga o‘rin yo‘q. Yoshingizdan qat’i nazar tug‘ilgan kun eng yaxshi tilaklar bilan qutlanmog‘i kerak. Atrofingizda sizni qutlayotgan odamlar bor ekan, demak shukronaga qarzdorsiz. Sizga ikki og‘iz shirin so‘zini bildirayotgan insonlar bor ekan, demak yashayapsiz. Siz kimgadir kerak ekansiz. Shuning o‘zi katta baxt emasmi? Ertadan umidvorlik ruhni tashnalikdan qutqaradi. Insonga kuch beradi. Ulgurolmagan ishlaringizga yoki katta-kichik xatolaringizga nadomat qilib o‘tirish yarashmaydi. Har tug‘ilgan kun siz uchun milod bo‘lishi ham mumkin. Ertangi kun uchun yangi rejalar tuzing. Bu ertaga yap-yangi bir hayot boshlanadi degani, oldinda yashalishi kerak kunlar turibdi degani. Hali qiladigan ishlaringiz ko‘p degani. Bular sizga kuch bo‘ladi. Shunda tug‘ilgan kunlar siz uchun quvonchli kunlarga aylanishi shubhasiz.
Unutmang, tug‘ilgan kunlarda sizning yangi yoshingiz emas, balki dunyoga kelganingiz, borligingiz qutlanadi. Barcha tilaklarning ma’nosi, aslida, “Boringizga shukr!” degani. Baxt degani shu emasmi?!
Ma'rufjon Yo'ldoshev

12.03.2016

Kitob tilsimi


KABIKACH
Internet orqali kitob sotishga ixtisoslashgan kitapyurdu.com portalidan xarid qilingan kitoblarga turli xatcho‘plardan qo‘shib beriladi. (Biz bolaligimizda xatcho‘pni betlagich derdik. Kitob yoki daftarlarning varaqlanadigan burchaklariga kiygazib qo‘yardik. O‘qiyotgan joyimizga belgi qo‘yish uchun ham qog‘ozdan xatcho‘p-betlagichlar yasab olardik.) Xatcho‘plar har safar yangi mavzuda va alohida e’tibor bilan ishlangan bo‘ladi. Bu galgi mavzu “kabikach duosi” ekan. Uni mashhur turk xattoti Fuat Bashar usmonli xat san’ati uslubida o‘ziga xos tarzda ishlabdi. Xo‘sh, “kabikach duosi” qanday duo? U nima maqsadda qo‘llaniladi? “Yo, kabikach!” ifodasi nimani bildiradi? Bugungi blog shu haqda.
Xat, yozuv, bitik insoniyat o‘ylab topgan eng buyuk tilsimdir. Zero, yozuvning kashfi afsun va afsungarlik bilan bog‘liq. Yozuv faqat ma’lum bir kishilar orasidagi aloqa vositasigina emas, balki insonni moddiy yoki nomoddiy mavjudotlarning salbiy ta’siridan asrovchi sehrli kuch ham hisoblanadi. Duonomalar, asrornomalar, tumorlar, asragichlar, qaytargichlar, isitgichlar, sovitgichlar, boyitgichlar, toydirgichlar, ezibichkilar... Bularning bari bitik shaklidagi tilsimlar hisoblanadi. Ularning har biri alohida bir hodisaga aloqador bo‘lgan. Uni yonida olib yurgan yoki o‘sha bitik bilan bog‘liq ritualni bajargan kishining niyati ijobat bo‘lishiga ishonilgan. Shunday tilsimlardan birining nomi “kabikach” deb ataladi. Xattotlar bu yozuvni kitobni kuya va turli hasharotlardan saqlaydi, deb ishonishadi. Shu bois “kitob tilsimi” deb ham atashadi. Odatda, bu tilsim bitigi kitobning muqovasi ichiga yoki kitobning ilk sahifasiga “Yo, Kabikach” shaklida yozib qo‘yiladi. Rivoyat qilinishicha, bir qaysar xattot ustozining ta’kidiga qaramay tilsimni kitobning so‘nggi sahifasiga yozibdi. Kuyalar muqovada tilsim yo‘qligidan foydalanib kitobni yeya boshlashibdi, faqat so‘nggi sahifaga yetishganida bitikni ko‘rishibdi-yu kitobni tark etishibdi.

Suryoniy e’tiqodiga ko‘ra “Kabikach” bir farishtaning nomi bo‘lib, “jamiki qurt-qumursqalarning sultoni” hisoblanadi. Afrika xalqlari mifologiyasida “Kabikanch” yoki “Kabikax” deb ataluvchi afsonaviy qush “insondan boshqa jamiki jonlilarning hukmdori” sifatida talqin qilinadi. Indoneziya xalq afsonalarida “Kix” (hasharot malagi) deb ataluvchi ko‘rinmas qush ham shu vazifani ado etar ekan. Fors xalqlari Kabikachni hudhud qushi timsolida tasavvur etishar ekan. Hatto kitobga kuya tushmasin degan niyatda hudhudning patidan betlagichlar qo‘yishar ekan. Fors tilida bitilgan “Burhoni qotig” lug‘atida kabikach so‘zi “ayiqtovon (Ranunculus) o‘simligi” sifatida izohlangan. Mazkur so‘zga arab va usmonli manbalarida “sudralib yuruvchi jonzotlar va qumursqalarni boshqaruvchi farishta yoki jin” deb ta’rif berilgan ekan. Bundan tashqari, izohlarda “ko‘pgulli ayiqtovon o‘simligining qadimiy nomi” ekanligi ham qayd qilinadi. Qadimiy kitobat san’ati bilan bog‘liq manbalarda bu o‘simlik zaharli bo‘lgani uchun uning suvidan himoya vositasi sifatida siyohlarga qo‘shib ishlatilgan degan fikr ham uchraydi. Shunday suyuqlik vositasida “zirhlangan” kitoblarga ishorat qo‘yishni xattotlar an’anaga aylantirishgan. Hatto avvallari qo‘lyozma kitobni qaysi xattot yozganligi ham “Kitob tilsimi”ga qarab belgilangan ekan.

6.03.2016

Bo‘za


BO‘ZA

Ko‘b kishilarning uylarida musallas bilan bo‘zalar xumlab qaynab yotsa, ikkinchi tomonda rasmiy suratda ichkulik sotish bilan tiriklik qilg‘uchilar ham yo‘q emas edilar. Toshkandning Chuqur qishloq degan yerida qozoqlar tomonidan ochilg‘an va hamisha rustamnamo kishilar bilan ayqirib yotqan bo‘zaxonalar ham yo‘q emas edi. Besh oylab Oqmasjid safarida yurib ketkach, Otabek to‘g‘ri shu Chuqur qishloq bo‘zaxonalaridan biriga kelib tushkandek bo‘ldi. Uni kunduz kunlari bo‘zaxonada uchratib bo‘lmasa-da, ammo bo‘zaxonag‘a kelmagan kechasi juda oz edi. Bo‘zagar Otabekning kimning bolasi ekanligini yaxshi bilgani uchun hamma ishni uning tilagiga qarab qilar, ul keldi deguncha oddiy bo‘zaxo‘rlar yonig‘a o‘tquzmay o‘zining maxsus xujrasiga olib kirar, boshqalarg‘a berilaturgan loyqa bo‘zadan bermay, bo‘zaning guli bilan mehmon qilar edi.” (A.Qodiriy. O‘tkan kunlar)
“Bo‘za”, “bo‘zagar”, “bo‘zaxo‘r”, “bo‘zaxona” so‘zlarini, “bo‘zaning guli” tabirini dastlab Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida uchratganman. Matndan “bo‘za” so‘zning “mast qiluvchi ichimlik” ekanligi anglashilib turgani uchun ortiqcha bosh qotirmagan edim. Keyinchalik ham bu so‘zni ko‘p eshitdim, lekin bu qanday ichimlik ekan deb qiziqib ko‘rmadim. Toki 2010-yilgacha…
Turkiyada qish fasli boshlanishi bilan ko‘chalarda oqshomdan to yarim kechagacha bo‘zagarlarning ovozi tinmaydi. Xalqda “qish keldi, bo‘zagarga ish keldi” degan gap ham yuradi. Ular bo‘zalarini “Boooozaaa booozaaa” deb ko‘cahma-ko‘cha baqirib yurib sotishadi. Birinchi marta tatib ko‘rganimda “Otabekni shu biroz shirin, biroz chuchmal-nordon ichimlik mast qilgan ekanmi” deb xayron bo‘lganman. Qiziqib ko‘rsam, bo‘zaning ham turi ko‘p ekan. “Tatar bo‘za” deb ataladigan turi ko‘p achitilgani bois mast qilar ekan. Bunday bo‘zalar usmonli saltanati davrida sotilishi va iste’mol qililinishi taqiqlangan ichimliklar ro‘yxatiga kiritilgan ekan. “Totli bo‘za” deb atalgan turi esa g‘oyat foydali ichimlik sifatida qadimdan sevib tayyorlanar ve iste’mol qilinar ekan.
Xo‘sh, ota-boblarimiz tomonidan o‘ylab topilgan va hozirda dunyo oshxonasining shohona ichimliklaridan biri sifatida e’tirof qilinadigan bo‘za haqida nimalarni bilamiz? Bugun uning o‘zbek oshxonasidagi maqomi qanday? Bu haqda ma’lumot yig‘ish uchun o‘zbek tilidagi internet resurslarini ko‘zdan kechirdim. Bu ichimlik haqida, asosan, “xarom-xalol” bahslaridagina tilga olingan ekan. Faqat bir web sahifada uni qanday tayyorlash haqida ma’lumot berilgan: Bo‘za qilish uchun bir kilogrammcha bulg‘ur(maydalangan bug‘doy) yuviladi. U kastryulkaga solinib, unga ko‘proq suv qo‘yiladi. Bulg‘ur yumshaganigacha bir necha soat qaynatiladi. Suv bilan suzgichda suziladi. Unga shakar solib eritiladi. Xamirturush o‘rnida bir stakan bo‘za qo‘shib yuboriladi. Uni yopib plita oldiga qo‘yib qo‘yiladi. Bir kundan so‘ng uni nordon bir ichimlik sifatida icha boshlanadi. Bulardan kuch-quvvat olish maqsadida, ovqatning hazmi uchun mast bo‘lmaydigan miqdorda ichish halol bo‘lib, ularni ichgan mast bo‘ladigan bo‘lsa yoki chalg‘i bilan kayf uchun ozginagina ichilsa ham so‘z birligi bilan harom bo‘ladilar.” (samarqanduz.com)
Ko‘rinib turganidek, bunda ham mazkur ichimlikning tarixi, foydasi, tayyorlash usullari va turlari haqida to‘liq ma’lumot yo‘q. Shu bois bu haqda qisqacha to‘xtab o‘tishni lozim topdik:
Bo‘za qadimdan sharq xalqlarining eng sevimli ichimliklardan hisoblanadi. Manbalarda bu ichimlikning miloddan avvalgi 9000-8000 yillarda Mesopotamiyada keng tarqalgani haqida qaydlar mavjud. Bo‘za so‘zining tilimizga fors tilida “don” ma’nosini anglatuvchi “buze”dan o‘zlashganligi aytiladi. Biroq buning aksini, turkiy tillardan forschaga o‘tganligini ta’kidlovchilar ham ko‘p. Eski turkiy tilda “buxum” o‘laroq qo‘llanilgan bu ichimlik mo‘g‘il tilida “bodso”, rus tilida “buza”, ingliz tilida “bosa”, Afrika tillarida “buha” yoki “merissa”, rumin tilida “braga tarzida qo‘llaniladi. Avliyo Chelebiy bu ichimlik ijodkori haqida o‘zining “Sayohatnoma” asarida shunday yozgan edi: “(Istanbulda) bo‘za sotuvchi do‘konlar soni 300 ta bo‘lib, bo‘zachisi 1005 tadir. Ilk daf’a bo‘zani ijod qilgan kishi esa Solsol Tatar edi...”
Arpa, bug‘doy kabi turli donlardan tayyorlanadigan nihoyatda shifobaxsh bu ichimlikning vatani O‘rta Osiyo ekanligi va Onado‘liga ko‘chib kelgan turkiy qavmlar vositasida boshqa xalqlarga o‘tgani ham tarixiy kitoblarda qayd qilingan.
Mahmud Qoshg‘ariy o‘zining “Devoni lug‘otit turk” asarida bug‘doydan tayyorlanadigan “bekni” yoki “buxum”ni qoraxonlilarning “buxoun”, o‘g‘uzlarning “bo‘za” deb ataganliklari haqida ma’lumot bergan. Ayni asarda bu ichimlikni arablar “mizr” deb ataganliklarini yozgan.
Yunon tarixchisi Ksenofon miloddan avvalgi 401-yil poyonida sharqiy Onado‘lida ko‘chmanchi turklar tomonidan tayyorlangan bo‘zalar haqida atroflicha yozib qoldirgan. 1436-yilda Venetsiyalik sayyoh Giosapxat Barbaro esdaliklarida Ryazan shahrida yashovchi tatarlarning sevimli ichimligi “bossoi” ekanligini yozgan. Rus harbiysi F.S.Yefremov 1755-yilda Buxoro o‘zbeklarining sariq bug‘doydan bo‘za tayyorlashlarini qayd etgan. Nemis sayyohi J. Niebuxr esa 1701-1767-yillarda Qohira, Basra va sharqiy Onado‘lini kezib chiqadi va u yerlarda qish faslida eng ko‘p iste’mol qilinadigan ayronga o‘xshash ichimlikning bo‘za ekanligini aytib o‘tadi. Bugungi kunda “bo‘za” deyilganda sumalak quyuqligidagi oq-sariq rangli nordon va shirin ichimlik nazarda tutiladi.
Bo‘zaning qisqacha tarixi haqidagi fikrlarni shu joyda yakunlaymiz va uni uy sharoitida tayyorlash usuliga to‘xtalamiz.
2 litrlik totli bo‘za uchun:
250 gram bug‘doy
50 gram guruch
350 gram shakar
20 gram xamirturush (yoki tayyor bo‘zadan 100 gram)
Tortiq qilishdan oldin bezatish uchun dolchin va qovurilgan no‘xot.
Bug‘doy va guruch 3 litr suvda yaxshilab qaynatiladi. Quyuqlashib ketsa suv qo‘shib suyiltiriladi. Suzgichdan o‘tkaziladi va sovigandan keyin xamirturush (yoki tayyor bo‘zadan 100 gram), shakar qo‘shib aralashtiriladi. 2 kundan keyin yana aralashtirib sumalak quyuqligida bo‘lganda stakanlarga quyib ustiga dolchin va qovurilgan no‘xat qo‘shib tortiq qilinadi.
Ota-boblarimizni bo‘zqirning shiddatli sovuqlaridan asragan va tamoman o‘zimizning ichimlik bo‘lgan bo‘zani qadriyat sifatida saqlashimiz kerak degan fikrdaman.  
Endi uchunchi kuvachani tugatib, to‘rtinchini chaqirg‘an edi. Bo‘zagar kirdi:
- Bo‘za beraymi, bek? — deb so‘radi.
- Bering, — dedi va: — Mashshog‘ingizni ham kirgizing!
Vaqt yarim kechadan ham og‘qan, kunduz kunidan beri ichishib charchag‘an xo‘randalar baqirishib-chaqirishib tarqalishqan edilar. Bo‘zaxona tinchigan edi. Qo‘lma-qo‘l yurib charchag‘an mashshoq ham bo‘shab, Otabekdan katta-katta ehsonlar ko‘rgani uchun, vaqtning kechligiga ham e’tibor qilmay kirgan edi. Mashshoq Otabekning sarxush qo‘lidan bir piyola bo‘zani ichkach, dutorini chertib so‘radi:
- Qanday kuyni chalay, bek aka? 

A'zam O'ktam

AZAM ÖKTEM

(1960-2002)

Azam Öktem (A'zam O‘ktam) 4 Ekim 1960 yılında Özbekistan’ın Fergana vilayetine bağlı Buveyda ilçesinde dünyaya geldi. 1985 yılında Taşkent Devlet Üniversitesinin Gazetecilik Bölümünü tamamladı. Şairin ilk şiir kitabı “Küzde Külgen Çiçekler” (Sonbaharda Gülen Çiçekler) adıyla 1989 yılında basıldı.  Azam Öktem’in, “Küzetiş” (Uğurlama, 1990), “Ziyaret” (1992), “Tereddüt” (1993), “İki Dünya Saadeti” (1998), “Kırkıncı Bahar” (2000) adı altında şiir kitapları yayımlanmıştır. Bununla birlikte “Bala Dünyani Tebreter” (Çocuk Dünyaye Bedel, 1988), “Haber” (1995) gibi fikri yazılarından oluşan kitapları da neşredilmiştir. Şair, Rabindranath Tagore  ve Nikolay Rubsov’un birçok şiirini Özbekçeye aktarmıştır. 2002 yılında Taşkent’te vefat etti.

ÖZLEM
Nice kitap okusa bile,
nice film izlese bile,
kibar konuşmayı bilmiyordu ninem.
Laf açsalar eğer
savaştan, ülkenin meselelerinden
birkaç ay gülmeyi unutuyordu ninem.
Sormuştum:
-Amcam savaşa giderken
nasıl yemin etmişti,
nasıl veda etmişti, nine?
-Hiçbir şey dememişti
ancak faşistlere
çok fena küfretmişti…
Sonra utancından
kıpkırmızı oluvermişti.
Ben de öylesine sessiz sedasız
kalakalmışım bakıp ardından.
Bağrıma basarak sarılmayı da
sevmeyi de unutmuşum, ah!..
İlk defa küfrettiği için
yüzüme bakamadan gitmişti amcan…

KANAAT
Suçum o ki
düz yolda da takılmaktır.
Bahtım o ki
görmeden de özlemektir.
Yer ve gökten aramak da
yanılmaktır.
Onu bulmanın çaresi
Tapınmaktır.

İBADET
Dağlar sami olup oturur sessiz,
Tekbir söyleyince sema gürleyip
Onun gibi münacat edebilir kim?
Fısıltıyla edilen duadır, yağmur.
Rüzgar ağlar toprakları savurup
Bitkiler titreyerek ederler secde
Duaların kabul olduğu anlar
Güneş nuruyla getirir müjde. 

(Aktaran: Marufjon Yuldashev)

3.03.2016

Metin Oltio'q

METIN OLTIO‘Q

(14.03.1941-9.07.1993)

Metin Oltioq 1941-yilning 14-martida İzmirning Bergama tumanida dunyoga keldi. O‘rta maktabni tamomlagach tahsilini Anqara universitetida davom ettirdi. 1971-yilda mazkur universitetining Falsafa bo‘limini tamomladi. Ilk she’rlar to‘plami 1976-yilida Darbadar nomi bilan nashr qilindi. Shoir 1990-yilgacha Anqara va Bingo‘ldagi ta’lim dargohlarida falsafa fanidan dars berdi. Shoir 1993-yilning 2-iyul kuni Pir Abdol Madaniyat kunlarini o‘tkazish uchun Sivas shahriga boradi. Tantana ishtirokchilari uchun hozirlangan mehmonxonada katta yong‘in chiqadi. Shoir ham yong‘inda og‘ir jarohatlanadi. Fojiadan bir hafta o‘tgach vafot etadi. O‘sha mash’um yong‘inda jami 34 kishi halok bo‘lgan edi.  

YO‘L
Menga shivirlar shamol
-Ketaylik bu yerlardan.
Ipni o‘tkazmish mahol
Iztirob ignasidan.
Ismimning bosh harfini
Tikkanmish-ey ko‘ksiga.
Menga shivirlar shamol
-Ketaylik bu yerlardan.
Puflar yo‘llarning changin
O‘tib uzuk ichidan
Uzib olmish sochimning
Uch dona oq tolasin.
Senga aytadur shamol
-Ketaylik bu yerlardan.

SOYA
O‘rgimchak to‘riga ilinganicha
Shivirlab so‘raydi daraxtdan shamol:
-Kim u kutayotgan qorong‘u tunda
Yolg‘iz o‘zi turar qaqqayganicha?
Daraxt shovillaydi holsiz, bemajol
Hurkak yaproqlarin titratganicha:
-Bir yo‘lchining soyasi u gavdasini
Kutayotir zulmatga tik boqqanicha.

MENDAN NIMA QOLUR?

Mendan senga nima qolur?
Simillagan simobdayin
Jimirlagan ko‘llar qolur
Sirdoshing bo‘lur mendayin

Mendan senga nima qolur?
Jiyda isli nafasdayin
Jingala soch yellar qolur
Sirdoshing bo‘lur mendayin.

Mendan senga nima qolur?
Kul tagida miltiragan
Umrimdan jindak cho‘g‘ qolur
Sirdoshing bo‘lur mendayin.

OVOZINGNI MAYIN O‘R

So‘zla, tinmasdan so‘zla
Ovozingni mayin o‘r
Sevging ila yashnasin
Ma’nolari birma-bir.
Qara, so‘zlarni ko‘rgin
Navbat kutishar, tayin
So‘zla, tinmasdan so‘zla
Ishq va hayot yashnasin
Tishlaring injusidan.
Ismim kutar, unutma
Men bilan birga kutar
Ovozingga muntazir.

DILEMMA
Bitta qobiq ichida
Bir-biridan ajralmas.
(:)
Ishq va dard yuragimda
Egiz bodom mag‘zidek.