12.02.2015

Qarindoshlik nomlari haqida

Qarindoshlik nomlari haqida


Turkiy xalqlarda qarindoshlik nomlari boshqa tillarga qaraganda ancha boy. Mutaxassislar 90ga yaqin shunday so‘z borligini ta’kidlashadi. G‘arb tillarida ta’riflash asosidagi nomlash ko‘proq uchraydi. 
Bugun “katta”, “buva”, “ota” deb ataladigan so‘zlar eskidan “echu apa”, “ata” shaklida qo‘llanlgan.  
Bugungi “dada”ga to‘g‘ri keladigan so‘z qadimda “qang” yoki “ata” tarzida, “ona”, “aya” ma’nosidagi so‘z esa “ana”, “uma” yoki “o‘g” (bu so‘zning izi bugun o‘ksimoq so‘zida qolgan) tarzida ishlatilgan. 
Bundan tashqari ham ona ham ota uchun “aba” so‘zi qo‘llangan. Bolalar dadasiga “ataka”, “ataki” (otajon ma’nosida), onasiga “anaki” (onajon ma’nosida) deb murojaat qilishgan ekan.      
Qarindosh so‘zning talqini ham qiziq. Dastlab “idish” ma’nosidagi “qa-” o‘zagi yaqinlik va qarindoshlik ma’nosini ifodalagan. Keyinroq bu o‘zakdan  hosil qilingan so‘zlar eski o‘zakni unuttirgan. Qondosh (ba’zi shevalarda asliga uyg‘un holda qandash deb talaffuz qilinadi) bugun “qonga asoslangan bog‘liqlik” tarzida tushuniladi. Bu ham xato emas, lekin so‘zning etimologiyasini tilshunoslar qang (ota) so‘zi bilan bog‘lashadi.   
Qadimda turkiy xalqlar o‘g‘il farzandni “o‘g‘il”, “uri/o‘ri”, “ul”; qiz farzandni “qiz”, “qiz o‘g‘lan” deb atashgan ekan. 
Katta o‘g‘il “ichi/echi”, kichigi “ini” to‘ng‘ich qiz “icha/echa/eza”, “aka” (keyinroq “oqo” vb.) ishlatilgan. 
Amma, xola, tog‘aning farzandlari “ati”, “chikan”, “yigan/egan/jiyan” kabi so‘zlar bilan atalgan. Bugun ammavachcha, xolavachcha, tog‘avachcha, bo‘la vb. 
Manbalarda “amaki” o‘rnida “echi/ichi”, “amma” o‘rnida “kuku/kukuy/kukey” ishlatilgani qayd qilinadi. “Tog‘a” o‘rnida “tagay/taqay”, “xola” o‘rnida “eze/eza/teze/teyze” ishlatilgan. 

Hiç yorum yok:

Yorum Gönder