-Nima o‘qiyapsiz?
-Roman.
-Nomi nima?
-Hayot.
-Nima haqida?
-Hayot haqida.
-Masalan?!
-Masalan: o‘ylar, tuyg‘ular, sezimlar, xayollar, orzular, kulgilar, mazaxlar, iztiroblar, sitamlar, og‘riqlar, andishalar va yana ko'p narsalar haqida.
-Hmmm... Hayot deganlari shulardan iboratmi?
-Koshki faqat shulardan iborat bo'lsa...
-Bular bir romanga ko‘plik qilmaydimi?
-Ehtimol... Ammo bir hayotga kamlik qiladi...
Hiç yorum yok:
Yorum Gönder