12.02.2015

Ramız Röşen'dan bir she'r



Bu dunyoning azobi ko'p,
Haqlidan haq-hisobi ko'p,
Qo'ylaridan qassobi ko'p,
Qo'ylarga ko'p qiyin ekan.

Bo'ynida arqon sollanur,
Bir tutam o'tga aldanur,
Yeb, semirmoqlikdir ishi
Qo'ylarga ko'p qiyin ekan.

To'nkalar shay turar yonda
Pichoqlar jon olur joyda,
Cho'ponlar bo'ri bo'lsa gar
Qo'ylarga ko'p qiyin ekan.

It bo'lib hurmadik Oyga,
Barcha balo tushdi boshga
Qo'y bo'lmagan bilolmagay,
Qo'ylarga ko'p qiyin ekan.


/Ozarbayjon tilidan Marufjon Yuldashev tarjimasi. 

Hiç yorum yok:

Yorum Gönder