Eshiklar...
Eshiklar...
Sizni yozar bo‘lsam,
Romanga sig‘maysiz.
Eshiklar...
Eshiklar...
Ba’zan eski, qiyshiq,
abgor eshiklar...
Ba’zan salobatli, ko‘rkam
Jimjimador
Kibru havoli
Serbo‘yoq, dabdabali eshiklar...
Bir faqirning devorida
qaltiragan,
shaqillagan,
omonatgina eshiklar...
Bir zodagonning ko‘shkida
Apsheron kulliyasida
dang‘illagan
qo‘shqanot darvozalar...
Chorasizga, nochorga,
yo faqir-fuqaroga
doim yopiq,
qulfdor eshiklar...
Zamonlar o‘tadi.
Zamonga boqib
o‘zgargan,
turlangan eshiklar…
Behayolar nigohiga
to‘siq bo‘lgan eshiklar…
Faqat oxiratda
kimni-kimdan
ajratgaydir eshiklar…
Oromkursisini abadiy bilgan
nafsining quliga aylangan
nopok bir bandaning
odam shaklidagi
nimarsaning
qabulxonasida
tepilgan eshiklar…
Qarg‘ish
nafrat va kindan
ezilgan eshiklar…
Kutamiz,
ko‘rarmiz…
Dunyo tuzalajak...
Qachon eshiklar?!
Ey, ma’sum
va mag‘rur yetimning
baxtini ochgan eshiklar!
Hamma gap qulfdadir –
to‘g‘ri
aytasiz.
Qulflarning
g‘iybatini qilasiz!
Qulflar bo‘lmasa edi
na so‘z, na suhbat –
Ayniqsa, ortardi
sizlarga rag‘bat.
Sabr qiling, siqilmang.
Umidingiz yo‘qotmang,
gunoh axir,
eshiklar!
Bir kun kelar –
Haq yuksalar,
kesib qulflarni
Hiç yorum yok:
Yorum Gönder