13.02.2015

Shirinja






SHIRINJA

Izmirdan uncha uzoq bo'lmagan ko'hna tog' qishloqlaridan biri Shirinja betakror tabiati bilan sayyohlarni o'ziga maftun qiladi.
Vodiydan o'tib balandlagan sari yo'lning ikki tomonida Vizantiya hukmronligi davriga oid qadimiy osori atiqalar ko'zga tashlanadi.
Tog' yon bag'rlarida, past-balandliklarida barpo etilgan bu inshootlar "Muqaddas Jean cherkovi" ga qadar uzangan edi.

Saljuq-Shirinja yo'nalishidagi sayyohlar to'xtab o'tadigan manzillardan biri 13-asrga oid chizmalari, yozuvlari bilan diqqatga sazovor Sotirikos g'ori hisoblanadi.

Saljuqiylar qal'asi bilan teng balandlikda barpo qilingan yana bir obida "Muqaddas Jean cherkovi"dir.
Bu ibodatxonadan bugungi kungacha faqatgina toshdan yakpora uslubida yasalgan bir necha ustun, ibodat supasi va kirish eshiklari saqlanib qolgan. 
Bu cherkov mahobatini shu atiqalardan ham anglash mumkin.
Shu tepalikda go'yo cherkov bilan bo'y o'lchashish uchun qurilgandek tasavvur uyg'otuvchi tarixiy Isabey jomiy-masjidi mavjud. Bu masjid Saljuqiylar davriga oid yodgorlik hisoblanadi.

Tepaliklardan qadimiy Efes kenti harobalari ko'zga tashlanadi.
Ungacha yo'l bo'yida ilk xristianlar hisoblanuvchi "uyqudagi yetti nosaro"ga panoh bo'lgan g'orni ko'rasiz.
Rivoyatga ko'ra ilk 7 nafar xristian hukmdor ta'qibidan qochib shu joylarga kelib qoladi.
Cho'ponning iti ularga qarab "mendan qo'rqmang men sizlarga posbonman" deya gapirgan emish. 

Keyin ularni ortidan ergashtirib g'or ichkarisiga berkitibdi. 
Oradan 200 yil o'tib uyg'onishibdi va ichlaridan bittasini bozorga yuborishibdi. 
Non uchun pul uzatibdi. Sotuvchi xayron bo'libdi. 
Surishtiruvlardan keyin oradan o'tgan vaqtning farqiga borishibdi. 
O'sha afsonaviy g'or bugun xristianlarning muqaddas joylaridan hisoblanadi.
Vaqt topsangiz Efesga kirmay o'tmang. 
Bu tarixiy kent bugun ochiq havo muzeyiga aylantirilgan. 
Yo'lda Bibi Maryam qolib ibodat qilgan va hozirda turistlarning eng ko'p ziyorat qiladigan joyiga aylangan ibodatxonaga ham albatta kirib o'ting.
Nihoyat, Shirinja tog' qishlog'iga yetib 
bordik.
Havo bulutli, yomg'irli bo'lishiga qaramay qishloq o'z tarovatini ko'z-ko'z qilishda davom etardi.
Shirinja sharob ishlab chiqarish bo'yicha tanilgan qishloqlardan biri ekan. Har bir xonadon o'z sharobini sotish payida. 
Uylar sharob va sovg'alik buyumlar sotishga mo'ljallangan do'konlarga aylantirilgandek go'yo. 
Uy egalari turli yillarga oid qimmatbaho sharoblar, tayyorlanishiga ko'ra farqlanuvchi sharoblar haqida sayyohlarga erinmay so'zlab beradi.
Qosh qoraydi, yomg'ir zaptidan tushay demaydi. 

Ovqatlanish bahonasida Dionis art-kafesiga kirdik va yomg'ir sekinlashishini kutdik.
İzmirga kirib borganimizda soat tunga tayyorlanib ulgurgan edi.







Hiç yorum yok:

Yorum Gönder