11.07.2026

Had bilmas tuya

 


HAD BILMAS TUYA

Şarq xalqlari oğzaki ijodida şunday hikoyatlar borki, ular bir qaraşda juda sodda kõrinadi. Ammo biroz muşohada qilinsa, inson tabiati, jamiyat qonunlari va hayot haqida butun boşli risolalardan kõra kõproq ma’no anglatadi. Çodir va had bilmas tuya hikoyati ham ana şunday purma’no asarlar sirasiga kiradi. E’tiborli kitobxonlar bu hikoyatdagi  tuyaning ham, çodirning ham, hatto badaviyning ham tamsildan iborat ekanligini darrov ilğaydilar.

Qişning qahraton kunlari. Sahroda ayovsiz izğirin hukmron. Bir badaviy çoğroqqina çodirida arang jon saqlar, uning har holu korida yonida bõlgan tuyasi esa taşqarida sovuqdan qaqşab õtirar ekan. Tuya bu azobga çidolmay tilga kirib egasiga debdi:

“Ey, sohibim, bu adolatsizlik emasmi? Biz axir yõldoş edik, hamhol edik. Men taşqarida sovqotib õtirganda, sen içkarida huzur-halovatda õtiribsan. Ruxsat ber, faqatgina burnimni içkarida isitib olay...”

Mehribon badaviy ayb qilib qõyganday xijolat bõlib, tuyaning istagiga rozi bõlibdi.

Tuya kõp õtmay quloqlari sovqotganini aytib içkariga ruxsat sõrabdi. Ortidan boşi, sõng bõyni, keyin esa yelkalarini isitib oliş uçun ijozat sõrabdi. Ha degunça, had bilmas tuya butun çodirni egallab olibdi. Beçora badaviy esa oqkõngilligi sabab õz çodiriga siğmay qolibdi.

Aslida, vaqtimizni behuda sarflaydigan mayda-çuyda odatlar, ma’naviyatimizni sekin-asta yemiruvçi bõlmağur ğoyalar, munosabatlardagi me’yorsiz rizoliklar yoki şaxsiy hayotimizga bosqiçma-bosqiç kirib keladigan beparvoliklarning barçasi avval xuddi tuyaning burni kabi beozorgina kõrinadi. Şunday emasmi?

Ba’zilar borki, şafqatingizni zaiflik, bağrikengligingizni soddalik, insofingizni laqmalik deb biladi va suiste’mol qiliş payida bõladi.

Hikoyatning oğriqli nuqtasi şundaki, badaviy õz çodirini birdaniga yõqotib qõymadi. U har iltimosga õylab õtirmay rozi bõldi, tuyasining har istagini bajo qildi. Ana şu ketma-ket “mayli”lar, me’yorsiz rizolar, hadsiz iltifotu õlçovsiz samimiyat tuyani butunlay izdan çiqardi. Şundan keyin u “menga hamma narsa mumkin”, “badaviy men aytganimni şak-şubhasiz qilişga majbur” deb õylay boşladi. Va butun çodirni egallab oldi. Õz vaqtida belgilanmagan çegara, qõyilmagan taqiq va aytilmagan birgina “yõq” ortidan butun çodir boy berildi.

Tilagim şuki, hayotingizga va xayollaringizga suqilayotgan burunlardan ehtiyot bõling, õz çegarangiz dahlsizligiga e’tiborli bõling.

M.Y. 11.07.2026