HAD BILMAS TUYA
Şarq
xalqlari oğzaki ijodida şunday hikoyatlar borki, ular bir qaraşda juda sodda kõrinadi.
Ammo biroz muşohada qilinsa, inson tabiati, jamiyat qonunlari va hayot haqida butun
boşli risolalardan kõra kõproq ma’no anglatadi. “Çodir va had bilmas tuya” hikoyati ham ana şunday purma’no asarlar sirasiga kiradi. E’tiborli kitobxonlar
bu hikoyatdagi tuyaning ham, çodirning ham,
hatto badaviyning ham tamsildan iborat ekanligini darrov ilğaydilar.
Qişning
qahraton kunlari. Sahroda ayovsiz izğirin hukmron. Bir badaviy çoğroqqina çodirida arang jon saqlar, uning har holu korida yonida bõlgan tuyasi esa taşqarida sovuqdan qaqşab õtirar
ekan. Tuya bu azobga çidolmay
tilga kirib egasiga debdi:
“Ey,
sohibim, bu adolatsizlik emasmi? Biz axir yõldoş edik, hamhol edik. Men taşqarida
sovqotib õtirganda, sen içkarida huzur-halovatda õtiribsan. Ruxsat ber, faqatgina
burnimni içkarida isitib olay...”
Mehribon
badaviy ayb qilib qõyganday xijolat bõlib, tuyaning istagiga rozi bõlibdi.
Tuya
kõp õtmay quloqlari sovqotganini aytib içkariga ruxsat sõrabdi. Ortidan boşi, sõng
bõyni, keyin esa yelkalarini isitib oliş uçun ijozat sõrabdi. Ha degunça, had bilmas
tuya butun çodirni egallab olibdi. Beçora badaviy esa oqkõngilligi sabab õz çodiriga
siğmay qolibdi.
Aslida,
vaqtimizni behuda sarflaydigan mayda-çuyda odatlar, ma’naviyatimizni sekin-asta
yemiruvçi bõlmağur ğoyalar, munosabatlardagi
me’yorsiz rizoliklar yoki şaxsiy hayotimizga bosqiçma-bosqiç kirib keladigan beparvoliklarning
barçasi avval xuddi tuyaning burni kabi beozorgina kõrinadi. Şunday emasmi?
Ba’zilar
borki, şafqatingizni zaiflik, bağrikengligingizni soddalik, insofingizni laqmalik
deb biladi va suiste’mol qiliş payida bõladi.
Hikoyatning
oğriqli nuqtasi şundaki, badaviy õz çodirini birdaniga yõqotib qõymadi. U har iltimosga
õylab õtirmay rozi bõldi, tuyasining har istagini bajo qildi. Ana şu ketma-ket “mayli”lar,
me’yorsiz rizolar, hadsiz iltifotu õlçovsiz samimiyat tuyani butunlay izdan çiqardi.
Şundan keyin u “menga hamma narsa mumkin”, “badaviy men aytganimni şak-şubhasiz
qilişga majbur” deb õylay boşladi. Va butun çodirni egallab oldi. Õz vaqtida belgilanmagan
çegara, qõyilmagan taqiq va aytilmagan birgina “yõq” ortidan butun çodir boy berildi.
Tilagim
şuki, hayotingizga va xayollaringizga suqilayotgan burunlardan ehtiyot bõling, õz
çegarangiz dahlsizligiga e’tiborli bõling.
M.Y.
11.07.2026

Hiç yorum yok:
Yorum Gönder