Bilim kuch demakdir.
Bilimni sevmoq bilimga yaqinlashmoqdir.
Bilmasligingni bilganing bilganingdir.
Bolangizni sevsangiz sayoxatga yuboring.
Chirigan daraxtga naqsh solmaydılar.
Dasturxon to‘la noz-ne’mat: tatimasdan lazzatini bilolmaysan.
Eskilardan yangi narsalarni o‘rgan.
G‘urur donishmandlikning yakunidir.
Insonning insonligi madaniyati bilan.
Jilg‘a oqar daryo bo‘lur.
Keksa ot yo‘lidan adashmas.
Mashaqqat seni gavharga aylantiradi.
O‘rganganlaringni takrorlab turmasang, maqtanganing
bekordir.
O‘rganishning kestirma yo‘li yo‘q.
O‘rganmay to‘plangan tajriba, tajribasiz
o‘rgangandan yaxshidir.
O‘rgatish o‘rganishning yarmi demakdir.
O‘smadan chiqqan yashil (bargidan ko‘ra) yashildir.
Oyni ko‘rsatsang barmog‘ingga qarashadi.
Poxol ustida suzib bo‘lmas.
Qarish oson, odam bo‘lish qiyindir.
Quduqdagi qurbaqa ummondan bexabar.
Qurbaqaning bolasi qurbaqadir.
So‘ramoq bir onlik, so‘ramaslik umr bo‘yi uyatda
o‘tmoqlikdir.
Tajriba ahmoqni ham aqlli qiladi.
Taomni hamma yeydi, ammo lazzatini hamma ham
bilavermaydi.
Taqdirdan nolima, boshqalardan o‘pkalama.
Ustoz xazinasining huzurini shogirdlari ko‘radi.
Vaqtim yo‘q deb o‘qimagan, vaqt topsa ham o‘qimaydi.
Har o‘qiganingga ishonadigan bo‘lsang, yaxshisi,
o‘qimay qo‘ya qol.
O‘rgatish o‘rganish demakdir.
Choyni sevmagan inson haqiqatni va go‘zallikni
anglashdan mahrumdir.
Do‘stingiz bog‘ingizni ko‘rmoqchi bo‘lsa,
charchaganingiz yodingizga tushadi.
Durustlik eng yaxshi siyosatdir.
Tez ketgan arava tekis yo‘lda ham ag‘darilishi
mumkin.
Kitoblar ruhning ozuqasidir.
Gurunch ichidagi qora toshdan qo‘rqma, oqidan qo‘rq.
Urishishni bilmagan yarashishni ham bilmaydi.
Bulutni yelpig‘ich bilan tarqatib bo‘lmaydi.
Uch marta ko‘chish bir yong‘inga tengdir.
To‘g‘ri sekin ketadi, lekin manzilga salomat yetadi.
//Muslima
Yo‘ldosheva tarjimasi
Hiç yorum yok:
Yorum Gönder