QUTI TUBIDAGI GAVHAR
Qadimgi yunon miflarining eng ziddiyatli va ramziy
lavhalaridan biri Pandoraning sirli qutisi haqidagi afsonadir.
Zevs Prometeyning insoniyatga olov tuhfa etganidan
qattiq ğazablanib, ularni jazolaşning hiylakorona rejasini tuzadi. Ma’budlar
buyruği bilan yerdagi ilk ayol benihoya maftunkor Pandora yaratiladi. Zevs unga sirli va nafis qutiça (pifos) berib, uni
aslo oçmaslikni qat’iy tayinlaydi va uni Prometeyning soddadil ukasi
Epimeteyning huzuriga yuboradi.
Qutining içida nima borligini biliş istagi Pandoraning
vujudini kemira boşlaydi. Oxir-oqibat u taqiqni yengolmay, qopqoqni oçib
yuboradi. Öşa lahzada qutidan insoniyat boşiga tuşadigan barça ofatlar,
kasalliklar, hasad, adovat, qaşşoqlik, uruş va ölim yovuz şarpalar misoli butun
dunyoga tarqalib ketadi. Qörquvdan
dağ-dağ qaltiragan
Pandora qopqoqni şoşilinç yopadi, biroq keç bölgan edi. Qutining tubida esa faqat
birgina Umid qolib ketgan edi.
Mazkur mifologik syujetdan
bugungi kun insoni qanday saboq çiqarişi mumkin?
1. Qiziquvçanlik oqibati.
Inson tabiatan
taqiqlangan narsaga qiziquvçan böladi. Bugungi axborotlaşgan jamiyatda har birimiz har
soniyada “Pandora qutisi”ni
oçib köriş vasvasasidamiz. Masalan,
birgina asossiz ğiybatnamo ma’lumotlarni tarqatiş, şubhali havolalargi kirib köriş, ötkinçi hissiyotlarga berilib uzoq
muddatli qadriyatlarni xavf ostiga qöyiş kabilarni
eslaşning özi kifoya.
Muammo qiziqişda emas, balki qiziqiş ortidan keladigan mas’uliyat va kutilmagan
oqibatlarni oldindan köra bilmaslikda.
2. Kulfatlar dunyosi va ruhiy bardoşlilik.
Dunyodan barça maşaqqat va oğriqlarni butunlay yöqotib
bölmaydi. Ular hayotning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Insoniyatning
ma’naviy kuçi muammolardan qoçişda emas, aksinça kulfatlar içida özining
olijanob insoniy qiyofasini saqlab qolişida namoyon böladi. Hayotingizda barça
narsa buzilgandek, rejalar barbod bölgandek tuyulgan pallada ham içki
xotirjamlikni topiş san’ati aynan şu mantiqqa tayanadi.
3. Tubda qolgan gavhar.
Falsafiy jihatdan eng munozarali nuqta umidning quti
içida qolib ketişidir. Buni ikki xil talqin qiliş mumkin:
Ogohlantiriş. Nofaol umid şunçaki harakatsiz kutiş bölsa,
insonni yolğon tasalli bilan aldaydi.
Najot kuçi. Faol va ongli umid barça kulfatlar
yopirilganda ham insonni iç-içidan yemiruvçi ruhiy tuşkunlikdan asraydigan
yagona himoya qalqonidir. Heç qanday tayanadigan kuç qolmaganda ham, oldinga
qadam taşlaşga imkon beradigan omil ertangi kunga bölgan mustahkam işonçdir.
Hayotingizda qaçonlardir notöğri qaror qabul qilgan,
adaşib “Pandora qutisi”ni oçib qöygan va kutilmagan noqulayliklar girdobiga tuşib
qolgan bölişingiz mumkin. Xatolar tajribaning badali hisoblanadi.
Eng asosiysi, taşqi olamingizda qanday töfonlar sodir
bölmasin, qalbingizning eng tubidagi Umid va qat’iyat qopqoğini heç qaçon
berkitmang! Har qanday qoronğulikning yakunida yoruğlik bor, har qanday sinov
ortida esa sizni yanada kuçli va aqlli qiluvçi qudrat yaşiringan böladi.
Unutmang, quti heç qaon böş qolmaydi, heç bölmaganda unda
umid doim böladi.
M.Yöldoşev
26.10.2026

Hiç yorum yok:
Yorum Gönder