XITOY XALQ MAQOLLARI (I)
Agar
yolg‘iz bo‘lsang o‘z gunohlaring haqida o‘yla, ko‘pchilik ichida bo‘lsang
boshqalarni unut.
Aqlli
odam devonaga ozor bermaydi.
Aqlli
odam o‘z tajribasidan foydalanadi; dono odam boshqalarning tajribasidan ham
foydalanadi.
Arining
sirti ham yo‘l-yo‘l, ammo uni yo‘lbars deyolmaysan.
Baliq
ovlamoqchi bo‘lsang daraxtga tirmashma.
Baliq
tutishni o‘rgatsang har kuni qorni to‘q bo‘ladi.
Berganing
olganingdan qimmat ko‘rinadi.
Bilgan
va bilishini bilgan oqildir. Unga ergashing.
Bilmagan
ham uyquda, bilmaganini bilmagan ham. Uyg‘otmoq kerak.
Bilmagandan
bilmaganini bilmagan yomondir.
Bir
kishi qazgan quduqdan ming kishi suv ichadi.
Bir
kishidan shubha qilsang ishga olma, ishga olsang shubha qilma.
Bir
sham ikki uyni yoritolmaydi.
Bir
yilni ko‘zlasang, bug‘doy ek, o‘n yilni ko‘zlasang daraxt ek, yuz yilni
ko‘zlasang inson tarbiyala.
Bolangga
baliq ber, lekin baliq tutishni ham o‘rgat.
Buyuklarning
irodasi, zaiflarning umidi bo‘ladi.
Daraxt
ildizi bilan, daryo irmog‘i bilan.
Daraxt
qanchalik baland bo‘lsa ham yaprog‘i yerga tushadi.
Davlatning
ko‘pi ortiqchalik qilmaydi, ammo jahannamda har kimning o‘tini mol-davlatidan
bo‘ladi.
Devor
bitgach paxsachi unutiladi.
Do‘stlik
qo‘ziqorinli taomga o‘xshaydi. Zaharlimi, zaharli emasmi yeb bo‘lgandan keyin
bilinadi.
Dunyoda
benuqson ikki inson bor: biri o‘lgan, ikkinchisi hali tug‘ilmagan.
Dunyoda
nihoyatda shirin bitta bola bor, hamma onalarda undan bor.
Dunyoda
uch narsani yashirib bo‘lmaydi: sevgini, tutunni va yo‘qsillikni.
Dunyodagi
eng aqlli bola o‘z bolangdir.
Egri
daraxtsiz o‘rmon bo‘lmaydi.
Erksiz
inson - o‘tmas pichoq.
Eshitsam
unutaman, ko‘rsam eslayman, bajarsam anglayman.
Gul
tutgan inson qo‘lida oz bo‘lsa ham gul xidi qoladi.
Har
narsada bir go‘zallik bor, hamma gap go‘zallikni ko‘ra olishda.
Issiq
hammaga barobar, sovuq kiyimingga qaraydi.
Kar
soqovga saboq bermoqda: biri gapirolmaydi, boshqasi eshitolmaydi.
Katta
daryoda baliq ham katta bo‘ladi.
Katta
luqma tomoq yirtadi.
Kirpi
o‘z bolasini yumshog‘im deb erkalaydi.
Ko‘p
bilgan ko‘p gapirmas, ko‘p gapirgan ko‘p bilmas.
Kunduz
o‘yla tunda uxla.
Marjon
topmoqchi bo‘lsang dengiz tubiga sho‘ng‘i.
Marjonni
sohildan qidirmaydilar.
Ming chaqirim yo‘l ham
bir odimdan boshlanadi.//Rus tilidan Ma'rufjon Yo‘ldoshev tarjimasi.
DAVOMI SHU YERDA
Hiç yorum yok:
Yorum Gönder