5.09.2015

Hind xalq maqollaridan

HIND XALQ MAQOLLARIDAN

Asolat mol-dunyo bilan emas, fe’l-atvor bilan belgilanadi.
Beaqlga aql o‘rgatish sho‘rxok yerga yoqqan yomg‘irday gap.
Berganning hamma narsasi bor, bermaganning hech nimasi yo‘q.
Bir bersang, ming olasan.
Bir marta uylanmoq vazifa, ikki marta uylanmoq ahmoqlik, uch marta uylanmoq rasvolik.
Biz o‘zgarsak, dunyo o‘zgaradi.
Boshqalardan ustun bo‘lishing shart emas. Muhimi kechagi holingdan ustun bo‘lishingdadir.
Bug‘doyni shamol esganda sovur.
Bulbul xonishi tufayli qafasga mahkum, musichadan o‘rnak ol.
Buyuklik kamtarlikdir.
Daraxt qanday bo‘lsa, mevasi ham shunga yarasha bo‘ladi.
Do‘stlarni tez-tez ziyorat qiling. Chunki yurilmagan so‘qmoqni tikanak qoplaydi.
Ertaga ham kun bor.
Eshak ming yil musiqadan dars olibdi, o‘rgangani hangarsh bo‘libdi.
Hamma taxtiravonga minsa, taxtiravonni kim tashiydi?
Ilm yo‘lini tanlagan bo‘lsang, faqirlik muborak bo‘lsin!
Ilon zahriga chora bor, tuhmat qahri ilojsiz.
Jahlning ko‘zi yo‘q.
Jon chiqmaguncha umid tugamaydi.
Kambag‘al sergap bo‘ladi, boylar kamgap.
Kamtarlik donolikning ko‘rkidir.
Ko‘z ko‘rsa, qo‘l qila oladi.
Mato qanchalik oq bo‘lsa, bo‘yoqni shuncha yaxshi tutadi.
Mehmonni izzat qiling, mehmon jannatga ko‘prikdir.
Nodonga gapirib so‘zingni isrof qilma.
Nonko‘rga ehson qilib rahmat kutma.
O‘zgalar molini bir uyum tuproq deb bil.
O‘zgalarning ayollariga singil ko‘zi bilan qara.
Qoshiq taomning lazzatini qayoqdan bilsin?
Quyoshning botishi ertangi kun uchun umiddir.
Sadaqa berib kim ochidan o‘libdi?
Shirin so‘z ocholmaydigan eshik, tabassum osholmaydigan to‘siq yo‘qdir.
Sog‘lik kabi do‘st, kasallik kabi dushman, farzand sevgisi kabi sevgi, ochlik kabi azob yo‘q.
Surnay chalishni bilmasang, eng yuvosh kobrani ham o‘ynatolmaysan.
Tambalga yordam qilsang, seni shunga majbur deb o‘ylaydi.
Til yarasiga ilon zahri kor qilmaydi.
To‘rt oyog‘i bo‘la turib ot turtinadi, ikki oyoqli inson nima qilsin?
Tog‘ boshida nilufar o‘smaydi.
Yangisini topganda eski do‘stni tark etma.
Yaxshilar hamdam bo‘lsa, vayrona ham koshonadir. Nopoklar hamroz bo‘lsa, koshonalar vayronadir.
Yaxshilikni arziydigan odamga qil.
Yomg‘ir hammaning ustiga barobar yog‘adi.
Yugirmagan yiqilmaydi.

  //Turk tilidan Ma'rufjon Yo‘ldoshev tarjimasi.

Hiç yorum yok:

Yorum Gönder