SHOMON NASIHATLARIDAN
1.
Yo‘lda ketayotganibgizda qush patini topib olsangiz, uni uyingizga olib borib
biror guldonga yo tokchaga qo‘ying, yoki devorga osib qo‘ysangiz ham bo‘ladi.
Bu sizga ko‘kdan tushgan g‘aroyib tilsimdir. Ruhlardan kelgan bunday ishoratlarni
anglashga harakat qiling.
2. Daryolardan
tosh to‘plashni odat qiling. Ularda buyuk kuch va tilsimli quvvat bor.
3. Bor
kuchingizni ishga solib o‘zgalarga yordam berishga intiling. Baxt bera
olmasangiz, zarar ham bermang.
4. Mashaqqatlar
rasmiyatchilikdan boshqa narsa emas. Jiddiy mashaqqatlar ham jiddiydir, ammo
baribir rasmiyatchilikdan boshqa narsa emas. Osmonni ba'zida bulutlar qoplab
oladi. Ozgina g‘ayrat bilan (masalan, uchqich yordamida) bulutlar ortidagi
musaffo osmonni ko‘rish mumkin. Hammaga tinchlik!
5. Orzuga
yetishmoq uchun ba’zan bor-yo‘g‘i bir odim otishingiz kerak bo‘ladi xolos.
Mashaqqatdan qo‘rqmang. Chunki ular har doim bo‘lgan va bundan keyin ham
bo‘ladi. Ezgu maqsad bilan boshlagan yo‘lingiz ochiq bo‘lsin!
6. Tamoyilingiz
hech kimga zarar keltirmaslik bo‘lmog‘i kerak. Umr bo‘yi shunga amal qiling.
Har doim shu haqda o‘ylang: “Hech qachon hech kimga, hech nimaga zarar
bermayman!”
7. O‘zgalarni
quvontiring, shunda o‘zingiz ham quvonasiz. Boshqa birovlarga aziyat
yetkazsangiz, o‘zingiz ham azob chekasiz. Unutmang!
8. Har
kuni, kamida bir soat sukut uchun vaqt ajrating. Muloqot ehtiyoj bo‘lgani kabi,
sukut ham zaruratdir.
9. Sevmoq
dunyodagi eng muhim ne’mat. Barchani sevishni o‘rganing, dushmanlaringizni ham.
10. Oqayotgan
suvga xas-cho‘p otmang. Aslo! Suvning ruhi asabiylashishi mumkin. Ruhini shod
qilish uchun suvga non, sut yoki tanga tashlang.
Hiç yorum yok:
Yorum Gönder