13.02.2015

Toshbaqa tarbiyachisi



Usmon Hamdi Bey (1842-1910) tomonidan chizilgan "Toshbaqa tarbiyachisi" nomli asar turk tasviriy san'atining bebaho namunalaridan biri hisoblanadi.
Rassom bu asardan ikki nusxa (1906 va 1907) chizgan. (Quyida har ikki nusxa ham berildi.)
Usmon Hamdi bey hayotining 12 yilini Parijda o‘tkazgan. U yerda arxeologiya, tasviriy san'at, muzeyshunoslik, huquqshunoslik kabi sohalardan ta'lim olgan.
Usmon Hamdi Bey faqat rassomgina emas, o‘z zamonasining ilg‘or fikrli ma'rifatparvar ziyolilaridan biri bo‘lgan.
Rassom bu asari bilan nima demoqchi? Nima uchun aynan toshbaqalarni chizgan?
Toshbaqani ham tarbiya qiladimi? Nima uchun tarbiya qiladi? kabi savollar haligacha san'atsevarlar tomonidan muhokama qilib kelinadi.
Rassom bu asar ilhomini "Tour du Monde" jurnalining 1869-yildagi sonida chop qilingan bir asardan olgan. Bu asar Fransuz rassom L.Crepon tomonidan yapon miniatyurasidan ilhomlanib chizilgan "Charmeur de tortues" (Toshbaqa tarbiyachisi) nomli gravyura hisoblanadi.  
Rasm haqida tahlilchilar turli qarashlarini ilgari surib kelishadi. Kimdir, tarbiyachi Yevropani, toshbaqa Usmonlilar davlatini bildiradi dese, kimdir, sabr-bardoshni ko‘rsatmoqchi deb izohlaydi. Xatto "sohilda  toshbaqalar ustiga sham yoqib tomosha ko‘rsatish urf bo‘lgan, shu tomosha uchun toshbaqa tarbiya qilingan, rassom shuni chizgan" degan fikrlar ham bor. Biroq bular shunchaki shaxsiy fikrlar.
Kengroq ma'lumot uchun: http://tr.wikipedia.org/wiki/Kaplumba%C4%9Fa_Terbiyecisi





Hiç yorum yok:

Yorum Gönder