"Erta
tongda ko'ringan oy" ma'nosini bildiradigan "ariake" mumtoz
yapon she'riyatida ishq-muhabbat ramzi hisoblanadi. Shu bilan
birga ayriliq va visolni ham anglatadi. Tong otdi va oshiq ma'shuqadan
ayrilish oni keldi. Quyosh chiqdi va yana yangi bir kunning intihosida oqshom
bor, visol bor.
Oy
birozdan keyin ko'zdan g'oyib bo'lishga mahkum. Endi ma'shuqa oshiqdan bambuk novdasiga o'ralgan dil izhorini - she'rni kutib yo'l boqadi. Bambuk
novdasiga e'tibor bilan o'ralgan holda keladi kutilgan she'r. Ma'shuqa har bir
so'zni qayta-qayta, ko'ziga surta-surta o'qigandan keyin qaylig'i ishlatgan
ramzlardan yuragida hosil bo'lgan hislarini she'r shaklida qog'ozga to'kadi...
Shahzoda
Otsu va malika Ichikawa
Bemalol
ko'rishib-uchrashishning imkoni bo'lmagan eski chog'larda oshiqlarning aloqa
vositasi she'r edi, maktub edi.
Shahzoda
Otsu kunlarning birida sevgilisi malika Ishikawaga bir she'r yozibdi. Bambuk
novdasiga chiroyli qilib o'rabdi va malikaga yo'llabdi.
Shudring
tomchilari,
O't-o'lanlar
egilgan.
Quyoshni
kutar...
Vujudim
titrar
Tog'
yo'li toyg'oq
Visoling
kutib...
Malika Ishikawa she'rni o'qib javob yozibdi:
Shudringlar
beshafqat,
O'tlar
boshi xam.
Tong
yaqin…
Shudring,
Borliqni
qoplagan,
Tomchi
bo’lsam…
Boshqa
bir oshiq Sei Shonagon huzun to'la yuragini qog'ozga shu tarzda to'kadi:
Tark
etilmoq yozug'im,
Tushunaman,
tushunmaydi.
Ko'z
yoshlarim…
14-Fevral
“Valentin kuni”
Ha,
bugun bu "kun"ning nima sababdan paydo bo'lgani ko'pchilikka ayon.
Tijorat.
Millionlab yosh-u qari sevgilisiga sovg'a olish payida tijorat
maskanlariga yuguradi. Kim o'zarga boshlanadi savdo-sotiq ham.
Ko'z-ko'z qilish
uchun boshlanadi sovg'abozlik ham. Sevgiliga ko'rsatilgan e'tiborni sovg'aning
qimmatiga qarab o'lchashlar boshlanadi yoshlar orasidagi suhbatlarda.
Siz
yaxshisi bir she'r yozib sovg'a qiling. Menimcha, eng samimiysi shu
bo'ladi.
Ham she’r cho’ntakdan emas, dildan, ko’ngildan chiqadi. To'g'ri, hammada ham she’r
yozish qobiliyati mavjud emas.
Menda bo’lgani kabi. Kitoblardan qidira boshlayman she'r kerak bo'lganda: Navoiydan, Boburdan, Cho’lpondan…
Biroq
bugun so’zni yapon she’riyati bilan boshladik, shunday ekan yapon she’riyatiga
xos “xayku”lar bilan yakun yasaylik.
Matsuo Bashodan xaykular:
Ko'lmakka,
Qurbaqa sakrar.
Suvning sasi...
Matsuo Bashodan xaykular:
Ko'lmakka,
Qurbaqa sakrar.
Suvning sasi...
***
Yoz o'tlari,
Jangchilar.
Xayol kabi...
***
Sassizlik,
Qoyalar ortiga yoyilmoqda.
Chirildoqlar ovozi...
***
To'lin oy,
Qanchalar uzoqlashdim.
Ortda qoldi ko'k…
Hiç yorum yok:
Yorum Gönder