Hz. Alidan hikmatli so‘zlar
So‘zing kumush bo‘lsa ham, ey nafs, sukut oltindir.
So‘zning afzali qisqa bo‘lganidir.
So‘z dori kabi ozi foyda, ko‘pi zarar.
Fazilatlarning boshi ilmdir.
Ilm majlisi jannat bog‘chasidir.
Olloh seni hur yaratdi, nafsing seni qul qilmasin.
So‘zlaganga emas, so‘ziga boq.
Sukut uzr so‘rashdan qutqaradi.
Tikan urug‘ini ekib, gul o‘sishini kutma.
Menga bir harf o‘rgatganning qirq yil quli bo‘lishga tayyorman.
Ming marta mazlum bo‘lsang ham bir marta zolim bo‘lma.
Toza qalbdan toza so‘zlar to‘kiladi.
So‘z og‘zimdaligida mening asirimdir, og‘zimdan chiqqach esa men uning asiriman.
So‘zlamagan so‘zingga hokim, so‘zlagan so‘zingga mahkumsan.
Boshingga kelgan balo tilingdandir.
Til keskir qilich kabidir, qon oqizmay jon oladi.
Til insonning tarozisidir.
Tilni aql tarjimoni bil.
Kamtarlik ilmning mevasidir.
Ilm mol-u dunyodan afzaldir: ilm seni qo‘riqlaydi, mol-u dunyoni esa sen qo‘riqlaysan; mol-davlat bergan saring kamayadi, ilm esa ortadi; ilm ruh ozig‘i, mol-u davlat jasad g‘izosidir. Ilm payg‘ambarlar merosi bo‘lsa, mol-u dunyo qaroqchilar merosidir.
M.Yo‘ldoshev tarjimasi