24.03.2024

 

 

Imomiddin Nasimiy

 Bo‘ldi yana


Mavsumi navro‘zi nayson oshikor bo‘ldi yana,

Shahrimiz shayxi bu kun xush bodaxo‘r bo‘ldi yana.

 

G‘unchadan gul bosh ko‘tardi, tushdi yuzlardan niqob,

Bulbuli shaydo, xotibi lolazor bo‘ldi yana.

 

Eski dunyo yangi libos kiydi bu mavsum aro,

Chehrai davron bu kun naqshi nigor bo‘ldi yana.

 

Nargisni ko‘r jom qo‘lida may suzar oriflara,

 Jumlasin mast ayladi o‘zi xumor bo‘ldi yana.

 

Boda ichmoq ravzada gar sen tilarsen hur ila,

Yor qo‘lin tut, bog‘a kirgil, navbahor bo‘ldi yana.

 

Soqiyo, joming keltur ki, men buzibman tavbani,

Eski taqvimim manim bee’tibor bo‘ldi yana.

 

Ey sabo, yorga yetkazgil, sen Nasimiy rozini.

Kim aning holi parishon, beqaror bo‘ldi yana.

 

M.Yo‘ldoshev

Ozarbayjon tilidan o‘girdi


Hiç yorum yok:

Yorum Gönder