ISKANDAR FARHODO‘G‘LI
Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, bolalar shoiri va yozuvchisi.
TO‘RT RANGLI QALAM
Istasa u yuz so‘zni,
Bir ohangda yozadi.
Istasa bitta so‘zni,
To'rtta rangda yozadi...
Sen aldamagin meni,
Qizilda u yozganmiş.
Haqni ko‘kda,
yashilda,
Qorada
yozgan u emiş.
Orqadan tuhmat qilib,
Yuzga kulgan u emiş.
To‘rt so‘zli, to‘rt sifatli,
To'rt rangli Qalam emish...
KITOB
Tushib nodon qo‘liga,
Bir dohiyning asari.
Bir marta o'qilmagan
Uzoq yillardan beri.
Tokchada chang ostida,
Necha yillar yotdi u.
Tokcha, muqova rangi,
Bir-biriga mos edi...
QILQALAM
Qilqalam tosh-u, devor,
Go‘zal naqsh chizardi.
Oddiy, jonsiz qog‘ozga,
Yangi hayot berardi.
Va lek hamma qo‘rqardi,
Uning bu amalidan,
Dog‘ qolishi mumkin-da,
Axir uning izidan...
PICHOQLAR
Pichoq dedi pichoqqa:
"Bir qo‘ldan chiqmas sado!
Kel, birlashaylik,
shunda,
Kuch tog‘ni qilar ado.
Birlashdilar...
Ularning
Bu ishi
xato bo‘ldi.
Ikki pichoq bir onda,
Shunchaki
qaychi bo‘ldi...
O‘RGIMCHAK HAYVONOT BOG‘IDA
Fil qafasi chetiga,
Tho'r solgandi o'rgimchak.
Birdan uning to'riga,
Tushib qoldi
chivincha.
Dedi: - Qarang qo'limda,
Xartumli nahanglar bor.
Bir qarang, qafasimda,
Sherlar-u yo'lbarslar bor!..
Allah canini sağlam elesin 🌹
YanıtlaSil