10.08.2020

Haqiqat izlab...

 


HAQIQAT IZLAB...

Qadim zamonda bir cholning uch o‘g‘li bor ekan. To‘ng‘ichi savdogar, o‘rtanchisi zargar, kenjasi esa anchayin xayolparast bo‘lib, bor vaqtini haqiqat izlash bilan o‘tkazar ekan. Uch o‘g‘il otasidan ruxsat olib, yurt kezishni ixtiyor qilishibdi. Bir yildan so‘ng uyga qaytganlarida har biri o‘z kasbi bilan bog‘liq orttirgan tajribalarini so‘zlab beradigan bo‘lishibdi. Oradan roppa-rosa bir yil o‘tib, to‘ng‘ich va o‘rtanchi o‘g‘il uyiga qaytibda. Ular otasiga ko‘rgan-kechirgan voqealarini oshirib-toshirib aytib berishibdi. Kichik o‘g‘ildan esa o‘sha ketganicha haligacha dom-darak yo‘q emish... 

Ma'rufjon Yo‘ldoshev

Hiç yorum yok:

Yorum Gönder